Get Mystery Box with random crypto!

​​#hobby To’rt kishilik shaxmat yoki nemis shaxmati ham deb | Shisha bino

​​#hobby

To’rt kishilik shaxmat yoki nemis shaxmati ham deb ataladi. O’yinga Jorj Xop Verney asos solganligi aytiladi, biroq Verney shaxmatning bu turiga ba’zi qoidalarni kiritgan xalos. Aslida, shaxmatning bu turi ancha yillar oldin ma’lum edi.

Qoidalar ba’zi o’zgarishlarni hisobga olmasa, klassik shaxmatnikidan deyarli farq qilmaydi. Masalan; O’yinni boshlash uchun turli xil rangdagi figuralar talab etiladi. Shox doim qora katakda turishi kerak va mot bo’lgan tomonning figuralari o’yin tugagunga qadar ham, taxtada qoladi, faqatgina harakatsiz. Siz ulardan be’malol himoyachi sifatida foydalansangiz bo’ladi, raqib figuraning ustidan sakrab o’tolmaydi. Yurishlardagi navbat soat strelkasi bo’ylab amalga oshiriladi.

Kamchiliklar: Shaxmat o’ynaydigan odamni topishning o’zi qiyin, chunki bizda shaxmatni keraksiz va zerikarli o’yin sifatida qabul qilishadi (600 mln haqida bilishlaridan oldin albatta ) 4 ta odamni topish esa ancha muammo. O’yin vaqti juda cho’zilib ketishi mumkin (biz o’ynagan vaqtimizda, bir partya uchun bir yarim soat ketgandi). Sizdan juda katta e’tibor talab etiladi, ahir qarshingizda bir emas, uch raqib. Bu albatta qiziq, ammo asablar ham shunga yarasha. Odatda ikki raqib kelishib oladi va birma-bir sizni yakson qila boshlaydi. Bunday paaytda sizni kuchli o’yinchi ekannligingiz o’z ahamiyatini yo’qotadi.

Umuman olganda hayajonli. Tavsiya qilaman. O’yinlar juda shiddatli kechadi.

P.s/ shaxmatni hech qayerdan sotib olmaganman, qayerda sotilishini ham bilmayman. O’zim yasaganman.

@shisha_bino