Get Mystery Box with random crypto!

Tort medovik 4 ta tuhum 1.5 st shakar 1 choy qoshiq sila s | 🍃sʜɪʀɪɴʟɪᴋʟᴀʀ 🍃

Tort medovik
4 ta tuhum
1.5 st shakar
1 choy qoshiq sila soda
Solib venichkada aralashtirib olamiz.
1 piyoladan kamroq magazin asali
1 osh qoshiq toza asal
Solib gazga qo'yamiz va asal ko'pirib qaynab to'q rangga kirganda 1 choy qoshiq soda solib 1 minutcha venichkada aralashtirib 170 gr saryog' solamiz va eritib gazdan olib tuhumli massaga solamiz va tez tez venichkada aralashtirib 4 st unni 1 stakandan qilib solib qoshiqda hamir qilamiz massa quyuqroq bo'ladi so'ng 30 minut holodilnikka qo'yamiz. Hamir tayyor bo'lgach stolga un sepib 11 bo'lakka teng qilib bo'lib olamiz va kalka qog'ozga un sepib yoyib olamiz va vilka bilan teshib 200 * pechda 5-6 minut davomida pishirib olamiz. Issiqligida 26 dm qolipda kesib olinadi
Kremi:
700 gr Nestle sut
4 ta tuhum sarig'i
1 st shakar
1 osh qoshiq to'la kukruzniy krahmal
Solib tinmiy aralashtirib turamiz to quyuq holga kelguncha va sovutib 100 gr sgushonka solinadi
250 gr saryog' oppoq qilib mikserlab zavarnoy massadan solib krem qilib olamiz.