Get Mystery Box with random crypto!

Noodatiy motivatsiya Kecha dam olish kuni ko‘chaga umuman chi | Sabirov kundaligi

Noodatiy motivatsiya

Kecha dam olish kuni ko‘chaga umuman chiqmadim, shu sababmi negadir kayfiyatim yo‘q bo‘ldi. Kechga yaqin kayfiyatni ko‘tarish uchun kino izladim, odatda hind filmlari insonga o‘zgacha kayfiyat va nooadatiy motivatsiya beradi.

Dinamik syujetlar, voqeadagi keskin burilishlar, har xil toifalar o‘rtasidagi munosabatlar, siyosiy harakterlarning ochiqcha ko‘rsatilgani tomoshabinni butun film davomida zeriktirmaydi.

Hind filmlaridagi meni lol qoldiradigan jihatlardan biri har xil toifadagi insonlar orasidagi munosabatlarni ochib berishi. Adolatparvar politsiya xodimi va mahalliy gangsterning yugurdagiga aylangan politsiya rahbari, og‘ir va bosiq aka va qoni qaynoq, aqlli uka, mahalliy kallakesar va u uchun har ishga tayyor malaylari, har doim yoningda turadigan do‘stlar, qahramonni buyuk ishlardan chalg‘ituvchi go‘zal sohibjamol va shu o‘rinda u uchun butun boshli qaroqchilar to‘dasini yakson qiluvchi ko‘rkam yigit, men uchun yshu paytgacha uchratmagan munosabatlar uka va kelinoyi munosabatlaridir.

P.s.: ma‘lumot uchun kinoning nomi "Nikamma".

@sherzodiy