Get Mystery Box with random crypto!

Falsafa yo‘qlikdan yo‘qlikgacha bo‘lgan har bir narsaning mohi | Sabirov kundaligi

Falsafa yo‘qlikdan yo‘qlikgacha bo‘lgan har bir narsaning mohiyatini anglashni o‘rgatishga qaratilgan fan. Faylasuf bo‘lishning birinchi sharti esa hamma narsaga shubha bilan boqish.

Biz qandaydir g‘ayritabiiy yoki noodatiy hodisaga dich kelganimizda uni mo‘jiza deb ataymiz. Bu hodisaga mas'ullikni ilohiy kuchlarning gardaniga yuklaymiz va bu hodisalarning sababini materialistik jihatdan tekshirib ko‘rmaymiz, bunga urinmaymiz ham. Bu hodisalarni izohlashga ilmiy bilimlarimiz yetarli emasligi uchun "mo‘jiza" deb qo‘ya qolamiz. Natijada tafakkurimizga chegara qo‘yamiz. Bu holat bizni fikrlashdan, tafakkur qilishdan, haqiqatni izlashdan to‘xtatib qo‘ymaydimi?

Nima uchun shubhalanmaymiz?
Nima uchun haqiqatlarga, faktlarga shubha bilan boqmaymiz?
Axir shaxmat o‘yinida faqat ot bilan yurish qilmaymizku, faqat ot bilan g‘alaba qilib bo‘lmaydiku.

Din falsafasi shunday, yerda hayot qanday paydo bo‘lishi haqida o‘ylashdan ko‘ra, din buyurgan ishlarni bajarib jannatga borishdir.

Bu gaplardan keyin meni materializmga chalingan deb tahmin qilayotgan bo‘lishingiz mumkin. Tahminlaringizdan shubhalaning.

Odamlar optimist, pessimist va realistlarga toifalanadigan bo‘lsa siz supermen bo‘ling, odamlar idealist va materialistlarga ajratiladigan bo‘lsa siz supermen bo‘ling, odamlar ateist va dindorga bo‘linadigan bo‘lsa siz supermen bo‘ling.

@sherzodiy