Get Mystery Box with random crypto!

Toshkentdaman. O'zgacha street foodlar qidirib yurgandim. Uzoq | Turkiya kundaligi

Toshkentdaman. O'zgacha street foodlar qidirib yurgandim. Uzoqdan qarab tursam bittasiga tayyorlab berayapti. Birinchi qilgan ishi qo'liga qo'lqop kiyish bo'ldi. Ko'zlarim chaqnab oldiga bordim. Chunki kelganimdan buyon qanday street food ko'rgan bo'lsam qo'liga biror narsa kiyish tugul yuvmaydi ham.

O'zi koreys hola ekan. O'zbekcha gapirganiga narslaridan ikki-uchta olib tashlagim keldi. Sotayotgan narsasi mantiga o'xshash narsa ekan. İssiqqina ekan. Mantipolvon deyaqoldim.

Qo'lqop juda muhim. Oddiy stol ustida sotib o'tirgan narsangizga ham shu qo'lqop ishonch uyg'otadi xo'randalarda.

İchida karam bilan piyoz o'simlik moyida qovurilgan ekan. 15 ming so'm.