Get Mystery Box with random crypto!

İshing hal bo’lishi kimningdir kayfiyatiga bog’liq bo’lib qold | Turkiya kundaligi

İshing hal bo’lishi kimningdir kayfiyatiga bog’liq bo’lib qoldimi tiriklayin ko’milganing shu bo’lsa kerak

Bir yaqin do’stim tumanimizda o’quv markaz ochdi. Turkiyadan kelgan kunimdanoq noldan boshlagan bo’lsa endilar yakunlab oldi. Binoni ijaraga olgani uchun kadastrdan kelib ketishdi. Kelgan xodimlarning ishi telefonga rasmga olish va standartlarga to’g’ri kelmaydigan loyihalash va jihozlash bo’lsa ogohlantirish, adashmasam.

Qisqasi, qorinvoylar keldi. Binoga kirishdan oldin tushlikda yeb kelgan go’sht qoldig’ini tish kovlagich bilan quduq qozgandek kovladi-da, shimni ko’tarib ichkariga keldi. Ungacha quyoshda u janoblarni eshik oldida kutib turdik. İjaraga bergan bino egasi ham shu yerda. Kirishi bilan qanday faoliyat olib borishini so’radi. Stulga o’tirib yastangancha atrofni tomosha qildi. Qanday fanlardan dars berishdan tortib bino ijarasiga qancha to’lashyotganigacha so’radi. Meni miyamga chiqib ketyapti. Chapdan tortivorgim kelib turibdi.

Tishini yonboshiga qo’ygan kovlagichini boshqa tarafga olib, papkasini qo’ltiqqa qistirib hamma joyni rasmga olishni boshladi. Binodan chiqib bino egasi bilan daraxt soyasida biroz gaplashishdi. Axiri ketishdi. Bino egasi markazni ochgan do’stimni oldiga kelib “Bir choy berasan endi” dedi. Meni esa miyam hanuz qaynab yotibdi.

O’lay agar. Ishing birovning kayfiyatiga bog’liq bo’lmasin ekan. Ayniqsa davlat tashkilotlarida.