Get Mystery Box with random crypto!

#Bilasizmi Savol. Bizning tashkilotimizda bir xodimga yaqinda | Qonunchilik.uz

#Bilasizmi

Savol.
Bizning tashkilotimizda bir xodimga yaqinda 2-guruh nogironligi belgilandi. Men kadrlar bo‘limi xodimi sifatida qanday xujjatlarga o‘zgartirish kiritishim zarur?

Javob:

Mehnat Kodeksining 427-moddasiga binoan I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga o‘ttiz olti soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi.

I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun kunlik ishning (smenaning) davomiyligi tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining tavsiyalariga muvofiq belgilanadi, lekin olti kunlik ish haftasida — olti soatdan, besh kunlik ish haftasida — yetti soatu o‘ttiz daqiqadan ortib ketmasligi kerak.

Bundan tashqari, Mehnat Kodeksining 427-moddasiga I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlarga davomiyligi kamida o‘ttiz kalendar kundan iborat yillik mehnat ta’tili beriladi va ular bu ta’tildan yilning o‘zlari uchun qulay bo‘lgan vaqtida foydalanishi mumkin.

Agar yillik mehnat ta’tili berilayotgan ish yili xodimga nogironlik belgilanguniga qadar va belgilanganidan keyingi davrlarni yoxud mazkur xodimning nogironligi tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tomonidan olib tashlanguniga qadar bo‘lgan davrni va olib tashlanganidan keyingi davrni qamrab olsa, yillik mehnat ta’tilining davomiyligi nogironlik belgilangan davrdagi va nogironlik yuzaga kelguniga qadar yoki nogironlik olib tashlanganidan keyingi ish davriga mutanosib ravishda hisoblanadi.

I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimni yillik mehnat ta’tilidan chaqirib olishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Demak, yuqoridagilardan kelib chiqsak, siz xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomaga qo‘shimcha kelishuv tuzib, ish vaqti va mehnat ta’tillariga qismiga o‘zgartirish kiritishingiz hamda buyruq bilan o‘zgarishlarni rasmiylashtirib xodimni uch ish kunida tanishtirib qo‘yishingiz kerak bo‘ladi.
https://t.me/Sherzodbek78