Get Mystery Box with random crypto!

#Bilasizmi Yangi tahrirdagi Mehnat Kodeksi bo`yicha muddatlar | Qonunchilik.uz

#Bilasizmi

Yangi tahrirdagi Mehnat Kodeksi bo`yicha muddatlar quyidagicha hisoblanadi:

Ushbu Kodeksda, jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida yoki mehnat shartnomasida belgilangan muddatlar kalendar sana bilan, yillar, oylar, haftalar, kunlar yoki soatlar bilan hisoblanadigan vaqt davrining tugashi bilan yoxud yuz berishi kerak bo`lgan voqeani ko`rsatgan holda aniqlanadi.
Ushbu Kodeksda mehnat huquqlari va majburiyatlarining yuzaga kelishi yoki bekor bo`lishi bilan bog`lanadigan muddatlarni hisoblash uning boshlanishi belgilangan kalendar sanadan keyingi kundan e’tiboran boshlanadi.
Yillar, oylar, haftalar bilan hisoblanadigan muddatlar muddatning so`nggi yili, oyi, haftasining tegishli sanasida tugaydi.
Agar oylar bilan hisoblanadigan muddatning oxiri muddatning o`tishi boshlangan oyga nisbatan kunlari ko`proq yoki kamroq bo`lgan oyga to`g`ri kelsa, muddat tugaydigan oyning oxirgi kuni muddat tugaydigan kun deb hisoblanadi.
Kalendar yillar, oylar, haftalar yoki kunlar bilan hisoblanadigan muddatga ishlanmaydigan kunlar ham qo`shiladi.
Agar muddatning so`nggi kuni ishlanmaydigan kunga to`g`ri kelsa, undan keyin keladigan birinchi ish kuni muddat tugaydigan kun deb hisoblanadi.|
https://t.me/Sherzodbek78