Get Mystery Box with random crypto!

Telegramda virus tarqamoqda! Yosh bolasi borlarga 2 mln so‘md | Qonunchilik.uz

Telegramda virus tarqamoqda!

Yosh bolasi borlarga 2 mln so‘mdan pul berilyapti yoki 50 mln so‘mgacha hujjatsiz 0% kredit berilyapti, o‘zim oldim, degan yolg‘on xabarlar tarqatilmoqda.

Aslida bu firibgarlar tuzog‘i bo‘lib, pul olaman deb plastik kartangiz raqamini kiritsangiz, aksincha sizning pulingizni yechib olib qo‘yishadi.

Eng qizig‘i bu kabi xabarlar kontaktingizdagi biror tanish insondan kelayotgan bo‘lishi ham mumkin. Gap shundaki, mana shunaqa soxta xabarga ishonib, pastdagi manzilga kirsangiz, Telegram profilingiz boshqaruvi firibgarlar qo‘liga o‘tib ketmoqda. Keyin esa maxsus botlar sizning nomingizdan hammaga mana shunaqa xabar yuborib chiqadi. Buni siz nazorat qila olmay qolasiz. Profilni o‘chirishdan boshqa chora qolmaydi.

Iltimos, internetda duch kelgan tekin narsaga ishonavermang. Tekin pul, tekin nafaqa, tekin sovg‘a, tekin aksiya, tekin kredit va h.k. Bularning deyarli barchasi yolg‘on. Shubhali manzillarga hatto qiziqish uchun ham kirib ko‘rmang. Yaqinlarni ham ogohlantirib qo‘ying.


@xushnudbek