Get Mystery Box with random crypto!

#savolimbor SAVOL. Assalomu alaykum! Yangidan ishga kirgan | Qonunchilik.uz

#savolimbor

SAVOL.
Assalomu alaykum! Yangidan ishga kirgan edim ustama va premiyalar qanday toʻlanishi haqida ma'lumot bera olasizmi? Javob uchun rahmat.

JAVOB.
O‘zbekiston Respublkasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-yanvardagi 10-son qarori bilan (1-ilovasi) tasdiqlangan Davlat maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida nizom asosida amalga oshiriladi, jumladan:

Davlat maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash Mehnat kodeksi (IX bob. Mehnatga haq to‘lash) hamda qayd etilgan Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
lavozim maoshlari (tarif stavkalari);
lavozim maoshlariga qo‘shimchalar va ustamalar (Nizomga 2-band).

Davlat maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarining lavozim maoshlari:
davlat maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarining lavozimi va malaka toifasi uchun belgilangan bazaviy tarif stavkalari;
qonunchilikda belgilangan lavozim maoshlariga qo‘shimchalar va ustamalar asosida shakllantiriladi (Nizomga 3-band).

Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining o‘z xizmat vazifalarini vijdonan bajargan, tashabbuskor va yuqori malakali xodimlarini moddiy rag‘batlantirish davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etiladigan Byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi (Nizomga 8-band).

Tarbiyachi, tarbiyachi-metodistlarning haftalik ish yuklamasi 36 soatni tashkil etadi.

Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ishlayotgan quyidagilarning lavozim maoshlari va bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanadi:
davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari, pedagog va tibbiyot xodimlari hamda tarbiyachi yordamchilari;
qo‘shma tipdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlar bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan guruhlarda ishlaydigan pedagog va tibbiyot xodimlari va tarbiyachi yordamchilari;
reabilitatsiya markaziga ega bo‘lgan davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari, pedagog va tibbiyot xodimlari, hamda tarbiyachi yordamchilari (Nizomga 9-band).


Umuman olganda mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar, rag‘batlantirish tarzidagi to‘lovlar jamoa shartnomalarida, shuningdek ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib qabul qilinadigan boshqa lokal hujjatlarda belgilanadi.
Xodimlarni mehnat uchun rag‘batlantirish, ularni qo‘llanish tartibi, afzallik va imtiyozlar berish jamoa shartnomalari, ichki mehnat tartibi qoidalari va boshqa lokal hujjatlarda, jamoa kelishuvlarida, intizom to‘g‘risidagi ustav va nizomlarda belgilab qo‘yiladi.

Siz ushbu hujjatlar bilan ishga kirish jarayonida yoki ishga kirgandan so‘ng ham to‘liq tlabtanishib chiqishingizni tavsiya etamiz.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram I Facebook