Get Mystery Box with random crypto!

#savolimbor? Tibbiyot oliygohlarining magistratura bosqichida | Qonunchilik.uz

#savolimbor? Tibbiyot oliygohlarining magistratura bosqichida va bakalavriatning 5–6-kurslarida o‘qiyotgan talabalari ishlashi mumkinmi?

https://t.me/mehnathuquqi javobi :

Bu kabi murojaatlar oxirgi paytlarda juda ko’paydi. Hattoki, ayrim talabalar meni ishga olishga majbursizlar Prezident shunday topshiriq berdi deb ham aytishmoqda ekan. Bu borada talabalar nohaq.

2022-yil 18-mart kuni prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiyot xodimlari bilan uchrashuvda tibbiyot oliygohlari talabalarini ish bilan ta’minlash masalasiga ham alohida to‘xtalib o‘tdi. Tibbiyot oliygohlarining magistratura bosqichida va bakalavriatning 5–6-kurslarida o‘qiyotgan talabalarga, yo‘llanma asosida, birlamchi va tez yordam tizimida shifokor bo‘lib ishlashga ruxsat beriladi. bu orqali yiliga 7 mingga yaqin talaba ta’limni amaliyot bilan birga olib borish imkoniga ega bo‘ladi.

E’tibor bering Prezident o’z nutqida “ruxsat beriladi” deb aytdi “ruxsat berildi” deb emas.

Diqqat! Amaldagi qonunchilikka hali o’zgartirishlar kiritilmadi! Demak, tibbiyot oliygohlari talabalari hozircha shifokor bo’lib ishlay olmaydilar! Agar talabalar tibbiyot kolleji yoki Jamoat salomatligi texnikumlarini bitirgan bo’lsa, o‘rta maxsus ma’lumotli tibbiyot va farmatsevtika xodimlari sifatida ishlashlari mumkin.

Hattoki klinik ordinatorlarning ishlashishiga cheklovlar mavjud. Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 18 dekabrdagi 319-son qaroriga 2-ilova “Klinik ordinatura to’g’risida”gi nizomga ko’ra
(https://nrm.uz/contentauth?link=accc4f17c282f7efc20ec15c76ad282a&products=1_zakonodatelstvo_ruz) o’qitishning ikkinchi yilidagi ta’lim dasturini muvaffaqiyatli o’zlashtirgan klinik ordinatorlar ham rahbarlarining yozma tavsiyanomasi asosida mehnat shartnomasi bo’yicha soha bo’limlarida tungi navbatchilik qilish yoki o’qishdan tashqari vaqtda mutaxassisligi bo’yicha ishlash huquqiga egadirlar.

Murojaatlar uchun: @MehnathuquqimurojaatBot Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang https://t.me/mehnathuquqi