Get Mystery Box with random crypto!

“KONTRAKT” haqida qisqacha she'r... Salom Ota, qalaysiz, | SHE'RLAR TO'PLAMI

“KONTRAKT” haqida qisqacha she'r...

Salom Ota, qalaysiz,
Kunimga siz yaraysiz,
Nega unday qaraysiz,
Kontrakt oshib ketdi...

Darsda hayol suraman,
Ijarada turaman,
Sizni yaxshi ko'raman,
Kontrakt oshib ketdi...

Rosti, aytmadim qo'shib,
Yig'lagim kelar jo'shib,
Stipendiya tushib,
Kontrakt oshib ketdi...

"O’qish" deya chopgandik,
Oxir kamol topgandik,
Yozda beshga yopgandik,
Kontrakt oshib ketdi.

Kunimiz o'tar arang,
Asablar bo'lar tarang,
Holimizga bir qarang,
Kontrakt oshib ketdi...

Byudjet edi zo'rimiz,
Shunga edi to'rimiz,
Qurib qopdi sho'rimiz,
Kontrakt oshib ketdi...

Ota, o'yga botasizov,
Novvasni ham sotasizov,
Yoki qarzga botasizov,
Kontrakt oshib ketdi...

Navro'z ZIYO

https://t.me/Talaba_Abituriyent_Xorijda_Talim