Get Mystery Box with random crypto!

I N T I Z O R I M {5-Qism} Abror xatosi | ●•°Sherlarimdan parcha°•●

I N T I Z O R I M
{5-Qism}

Abror xatosini angladi...biroq negadir kulgisi keldi...mayingina jilmaydi. o'chirar ekan..nega sahifani butunlay o'chirmadi?!"
O'ziga kerakli ma'lumotlarni olgach tarmoqdan chiqdi...uyquga hali vaqt bor biroz ishlash kerak...axir ertaga kutilgan kun O'zbekistonda arxitektura bo'yicha ilmiy amaliy anjuman-konferensiya bo'lib o'tadi....
Loyiha tayyor! Demakki.ko'zdan kechirib chiqishi kerak
Ishni tugatdi soatga qaradi 01:13 allamahal bo'lib qolibdi
Tong
Ko'zlarini arrang uyqudan ochdi. Nonushta qilar ekan onajonisidan duo oldi
-omadingni bersin o'g'lim
-aytganingiz kelsin onajon...
Abror anjumanlar saroyida...odamlar gavjum hamma o'z ishi bilan qatnashyapti rosti hayajonda u
Sobir aka ko'rindi...
-qalaysan o'g'lim?
-ustoz hayajondaman
-bu tabiiy
-axir Sen ilk bor loyihang bilan yosh arxitektor sifatida ishtirok etyapsan muhimi o'zingga ishon
-xo'p bo'ladi
-barakalla
Navbat Abrorga yetib keldi....
-Abror Rustamovich loyihasi marhamaaaaaat....
Abror kutmagan edi...
U....g'olib bo'ldi ayniqsa hay'at a'zolariga uning milliylikka yondashgani ancha ma'qul keldi, kirish dizayni, fasad qismi mukammal ishlangan edi
Abrorning sevinchi ichiga sig'mas edi...hamma uni qutladi tabrikladi
Uyga qaytar ekan..bu kun charchoqli bo'lsada, biroq u charchoqni his qilmagan edi
Uydagilar bu xabarni eshitib quvonishdi
Otajonisi do'ppidekkina osh damlabdi
Ovqatdan so'ng xonasiga kirdi...g'oliblik sovg'alarini javonga qo'yib bu hali boshlanishi ekanidan g'ururlandi...
Ijtimoiy tarmoqqa kirdi
Kechagi profil egasi hali kirmabdi...
Gruppada uning yaqin do'sti bu xushxabarni barchaga e'lon qilgan ekan...
hamma uni qutladi
Kelgan xabarlarga javob yozyotganda...gruppada o'sha profil egasidan ham tabrik keldi..
Abror uchun bu yaxshi imkoniyat
O'sha bo'sh sahifaga o'tib yoza boshladi...
-meni kechiring..o'sha kungi dilxiralik uchun
-assalomu alaykum hechqisi yo'q, hammada bo'lib turadi
-aslida..sizdan minnatdorman sababi, sizning maslahatlaringiz sabab g'olib bo'ldim
-yo'g'ee men shunchaki fikr bildirdim xolos
-ammo baribir rahmat oldingizda qarzdorman...
-yo'q boshqa inson bo'lganda ham shunday qilgan bo'lar edim
-meni kechirdingizmi?
-sizdan xafa emasman
-keling..tanishamiz
-yo'q....begonalar bilan tanishmiman
-axir..shu uchun tanishiladiku
-balki....
-meni ismim Abror yoshim 23 da Toshkent shahridanman yosh arxitektorman
-menga ism yetmiy qolgan
-ha..Alloh ismingizni ham go'zalligingizga qo'shib bergan shekilli...
-xushomadlar yoqmidi
-nima yoqadi?!
-shunchaki...bilmadim
-aytasizmi?
-nimani?
-o'zingiz haqida
-ismim Sarvinoz yoshim 21 da Samarqandlikman dizaynerman
-ooo bekorga emas ekanda...
-nima?!
-sohalarimiz yaqinligi..
-balki..
-keling do'st bo'lamiz
-yo'q..meni do'stim bor
-o'sha do'stingizga ochig'i rahmim keldi..
-rahmat aytib qo'yaman
Shu tariqa Sarvinoz tarmoqdan chiqdi..ammo Abror u bilan so'zlashgisi kelar edi...negadir Mahzunani ham o'ylamay qolgandi.........

#Davomi_Bor...
@sherlarimdan_parcha