Get Mystery Box with random crypto!

I N T I Z O R I M {4-Qism} Oradan bir nec | ●•°Sherlarimdan parcha°•●

I N T I Z O R I M
{4-Qism}

Oradan bir necha kun o'tdi...o'sha kungi uchrashuvdan so'ng Mahzuna bilan Abror gaplashmay qo'ygandi...negadir bugun tushlik vaqtida Mahzuna unga qo'ng'iroq qildi:
-Allo privet Abror akaa
-Vaalykum assalom Mahzuna qachon salom berishni o'rgansan a?
-uff oyimga o'xshab nuqul tergayvurasiz
-yaxshimisan? uydagila tinchmi?
-hmmm yaxshi...sizda gapim bor
-xop qulog'im senda...
-men siz bilan aloqani to'xtatmoqchiman?!
-A?!
-ha shunaqa nuqul tergashingiz qo'pol muomalangiz jonimga tegdi....
-Mahzuna?!malikam hazillashyapsanmi?
-yo'q....boshqasini sevib qoldim...u bn baxtliman
-..............
-alooo eshityapsizmi?
-Ha eshityapmann Mahzuna men seni sevaman axir...biz..
-qanaqa sevgi?! siz bilan men boshqa boshqa dunyomiz...siz eski zamonda yashaysiz
-o'ylab gapir Mahzuna..
-hmm haqiqat yoqmadimi bir gap aytsam siz rosssa go'l insonsiz...doim menga ojedaniya tushganizda ham hech nima demasdiz...siz laqmasiz
-Mahzuna!!!!!!!!bassssss
-karochchi gap tomom meni tinch qoying siz siz juda baxtliman
-afsus...qalbingni qachon g'ubor qopladi hayronman qo'rqma sendaqa inson bilan taqdirimni bog'lamoqchi emasman...senga achinaman qalb ko'zing ko'r seni.
Shu gaplarni aytdiyu telefonni o'chirdi...shu ondayoq telefon xotirasidan Mahzuna bilan bog'liq barcha narsalarni yo'q qildi....Abror bilar edi qachonlardir shunaqa bo'lishini bilar edi....Faqat hozir emas faqat hozir Bunga tayyor emas edi bu og'ir zarba bo'ldi ayniqsa tanlov yaqin...
Shu kuni kunbo'yi nima ish qildi yolg'iz Allohga ayon...
Uyga horg'in kayfiyatda kirib keldi...ovqat paytida ham ota-onasi nima dedi eshitmadi faqat Mahzunani o'ylar edi faqat ichini bir g'am kemirar edi: qayerda xato qildim?
Xonasiga kirdi...biroz ishga berildi...bo'lmadi kimdandir alamini olishi kerak....Ijtimoiy tarmoqqa kirdi.O'sha qadrdon gruppada qandaydir yutuq nishonlanayotgan ekan...qaragisi kelmadi..O'ziga kelgan xabarlarni birin-ketin ochib qarar ekan....to'satdan...axir....
-Assalomu alaykum tabriklaaaaang men art-dizayn yo'nalishi bo'yicha modalar haftaligida g'olib bo'ldimmmmmm...
Shu so'zlar turar edi.Bu o'sha gruppadagi sirli profil egasidan edi...Abror hayron qoldi..keyin javob yozishga tutindi...
-tabriklayman, sevinchisiga o'lib beraymi?
Profil egasi online ekan...darrov o'qidi....
Abror xato yozib qo'yganini kech angladi...xabar o'qilgan edi
Profil egasi undan xafa bo'lib tarmoqdagi yozishmalarni o'chirib tashladi...faqat negadir bo'sh sahifa qoldi...
Ularni ikkisini taqdirini o'zgartiradigan sahifa edi bu...

#Davomi_Bor..
@sherlarimdan_parcha