Get Mystery Box with random crypto!

SIZNI........ Sizni ancha boʻldi eslamay qoʻydim, Yashab yur | Sevgi She'rlari

SIZNI........

Sizni ancha boʻldi eslamay qoʻydim,
Yashab yurgan edim, ishqsiz va sizsiz.
Sizni sevmay qoʻydim, deymanu, suydim:
Oʻzimni otashda kuydirib essiz!

Sizni ancha boʻldi sogʻinmay qoʻydim,
Desam oʻrtanar dil, soʻzlarim yolgʻon!
Sogʻina-sogʻina, azobdan toʻydim,
Ayting qachon boʻlgan bu jonim omon?

Sizni ancha boʻldi koʻrmaganimga,
Koʻzlarim koʻrmoqqa bir bor intizor!
Ishonmang siz haqda soʻrmaganimga,
Dunyolar soʻylasin soʻrogʻim takror!

Yulduzlarda sanang sogʻinchim sonin,
Ular koʻz yoshimdan boʻlganlar paydo.
Chaqmoqlarda tinglang ohim ovozin,
Yurak hamon sizga oshiqi shaydo.

Ummonlardan soʻrang sevgim adogʻin,
Dunyoni suv bosib ketar bir pasda.
Sizni oʻylamasdan bosmas oyogʻim,
Menla yashaydirsiz har bir nafasda!

Sizni ancha boʻldi eslamay qoʻydim!


Doʻstlarga ulashing

Telegram | Sevgi She'rlari