Get Mystery Box with random crypto!

Sizni sevsam maylimi? Uzun kiprik qoshingiz Oʻn oltida yoshin | Sevgi She'rlari

Sizni sevsam maylimi?

Uzun kiprik qoshingiz
Oʻn oltida yoshingiz
Buncha goʻzal yuzingiz
Sizni sevsam maylimi?

Sochlar misli sharshara
Soch ostidan bir qara
Men oʻsha oshiq bola
Sizni sevsam maylimi?

Egnizda atlas koʻylak
Sizga oshiqdir yurak
Sizga yana ne kerak
Sizni sevsam maylimi?

Chiroylisiz hurliqo
Meni etmangda judo
Sizni yaratgan hudo
Sizni sevsam maylimi?

Seving mayli meni ham
Qolmasin bu dilda gʻam
Menga faqat sizdir kam
Sizni sevsam maylimi?

Eltay ishqim qasriga
Chin oshiqlar asriga
Oling yurak asiriga
Sizni sevsam maylimi?

Sizni sevaman rosti
Ayting boʻlsa kam-koʻsti
Jonga tegdi bu yostiq
Sizni sevsam maylimi?

Gapim shudir vassalom
Aytaman hullas kalom
Oshiqdir Bunyod Salom
Sizni sevsam maylimi?

Bunyod Salom

6.09.2022 11:00

Biz bilan boʻling

@Sherlari_Sevgi