Get Mystery Box with random crypto!

Xayr, oktyabr... Salom noyabr... Kuzning so‘nggi oyi xush kel | DADASI

Xayr, oktyabr... Salom noyabr...

Kuzning so‘nggi oyi xush kelding bugun.
Kundan ko‘z, tundan so‘z, izladim ta’bir..
Kuzning oxiriga she’r bitmoq uchun.

Bog‘da xazon raqsi, shovullar barglar..
Shamol sho‘xlik qilar, uzilar, tushar.
Ayriliq azobin tortar daraxtlar..
Yana qachon gullar, qachon barg quchar?.

Tug‘ilmoq va o‘lmoq masofalari..
Naqadar yaqindir gul, daraxtlarga.
Bugun gullaydiyu, gul yo‘laklari..
Erta to‘ladiya xazon, barglarga.

Noyabr...Salqin tong..Shamol guvillar..
Bog‘im etagida kuylaydi xazon.
Ertaga kuz ketar, ko‘nglim huvillar..
Yana bir oydan so‘ng qishu qahraton.