Get Mystery Box with random crypto!

She'rlar kanali uchun Kirib qoldim men adashib, Ko'rib aqlim | DADASI

She'rlar kanali uchun

Kirib qoldim men adashib,
Ko'rib aqlim qoldi shoshib,
Bir mo'ralab qo'ying siz ham,
Ketsangiz gar to'lib-toshib.

Hazillari xo'p g'arajoyib,
Adminkaxon eh ajoyib.
Qizlarni hech tinch qo'ymaydi,
Imkon bo'ldi qo'yay koyib.

Shu go'zallar bo'lmaganda,
Qayda edi sizda kanal.
Hafa bo'lmang men ham sizdek,
Gapiraman birda dangal.

Maqtab turing unda bunda
Oy yuzlari so'lmasinda,
O'qib ba'zan xunob bo'lib,
Ko'ngliga kir qo'nmasinda.

Tarrozini pallasini to'g'ri oling
Adashmang hech,
Boray endi yaxshi qoling,
Hammangizga hayrli kech.

Yashnayversin kanal shunday,
Hech bo'lmasin biror kami.
Yozardim-u unday bunday
Kutib qoldi darsim mani.