2023-03-27 17:28:26
RO'ZADORGA AYLAB TAVOF Tutmoqlikka bardoshimiz yetolmasa,
Sabr oti soniyalarni kutolmasa,
Matonatni, metin qo'li tutolmasa,
Sahar turib ro'zadorga aylab tavof.
Saharlikni tayyorlasak bo'lgay savob.
Noz-ne'matlar, Yaratganning berganidir,
Dasturxonda banda rizqin terganidir,
Savobimiz iymon qadni kerganidir,
Sahar turib ro'zadorga aylab tavof.
Saharlikni tayyorlasak bo'lgay savob.
Gullar yuzi kun yuzini ko'rmasidan,
O'rgimchaklar g'aflat to'rin o'rmasidan,
Barakamiz yo'lni izlab yurmasidan,
Sahar turib ro'zadorga aylab tavof.
Saharlikni tayyorlasak bo'lgay savob.
Iftorlikda kutib olib poylarini,
To'rdan olib ro'zadorning joylarini,
Quyib berib qaynoqqina choylarini,
Sahar turib ro'zadorga aylab tavof.
Saharlikni tayyorlasak bo'lgay savob.
Poklab olib iymon ko'ngil xonamizni,
E’zoz aylab qaynona-yu onamizni,
Yaqinlarga bitib mehr nomamizni,
Sahar turib ro'zadorga aylab tavof.
Saharlikni tayyorlasak bo'lgay savob.
Mehr nuri ummon bo'lib dilimizdan,
Sehr so'zlar arimasin tilimizdan,
Muruvvatni darig‘ tutmay elimizdan,
Sahar turib ro'zadorga aylab tavof.
Saharlikni tayyorlasak bo'lgay savob.
Qalblar bo'lsin yaratganning qarog'ida,
Biyron bo'lib mahshar kunda so'rog'ida,
Bo'lay deya ro'zadorning ardog'ida,
Sahar turib ro'zadorga aylab tavof.
Saharlikni tayyorlasak bo'lgay savob.
Ramozonning azonini qilmay kanda,
Iymonimiz ruxlarini poklab tanda,
Haq qo'lida har birimiz ojiz banda,
Sahar turib Yaratganga aylab tavof.
Saharlikni tayyorlasak bo'lgay savob.
Surayyo Xatamova Sheroli qizi Samarqand viloyati Jomboy tuman 11-umumiy o'rta ta'lim maktabining ona tili adabiyod fani o‘qituvchisihttps://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q
anba: @sherlar
#like_boss
5.8K viewsedited 14:28