Get Mystery Box with random crypto!

UYLANMASAM BOʻLMAYDI...   Talablariga binoan. Yurakka qil s | SHERLAR

UYLANMASAM BOʻLMAYDI...
 
Talablariga binoan.

Yurakka qil sigʻmaydi,
Kulsam dunyo kulmaydi.
Yorsiz bagʻrim toʻlmaydi,
Uylanmasam boʻlmaydi.

Tunda uyqu yoʻq tuzuk,
Yor topsam, tayyor uzuk,
Qosh kamon, koʻzi suzik,
Uylanmasam boʻlmaydi.

Goʻzallar oʻtar kulib,
Hasta yurakni tilib,
Yosh oʻtar, yurib yurib,
Uylanmasam boʻlmaydi.

Koʻylak kiysam, dazmol yoʻq,
Ochlik ba'zan sanchar oʻq,
Hotin boʻlsa koʻngil toʻq
Uylanmasam boʻlmaydi.

IRODAXON QOSIMOVA.


https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q



anba: @sherlar


        #like_boss