Get Mystery Box with random crypto!

Nomozingni o’qigin bolam Xudo bergan xislating bordur, Mayli | SHERLAR

Nomozingni o’qigin bolam

Xudo bergan xislating bordur,
Mayli sherlar to’qigin bolam,
Mashxurlikka berilmay faqat,
Nomozingni o’qigin bolam,

Ortinsang gar yaxshilik qilgin,
Boy kambag’al birdayin ko’rgin,
Bu dunyolar o’tkinchi bilgin,
Nomozingni o’qigin bolam,

Ayolingga hiyonat qilma,
Ne bo’lsa ham do’stlaring sotma,
Erta turgin g’aflatda yotma,
Nomozingni o’qigin bolam,

Tugamaydi bu dunyoda kam.
O’z vaqtida mayli olgin dam.
Har soniya yodingda tursin,
Nomozingni o’qigin bolam,

O’lim qachon kelishi gumon,
Sinov uchun  asli bu olam.
Jannatlarni orzu aylasang,
Nomozingni o’qigin bolam.

03:50.31.05.2023

Muallif: Qodir Qaxxor

https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q



anba: @sherlar


        #like_boss