Get Mystery Box with random crypto!

Dunyo torga o’xshayveradi. Kechirmayman sizni deymanu, Yurak | SHERLAR

Dunyo torga o’xshayveradi.

Kechirmayman sizni deymanu,
Yurak sizni qo’msayveradi.
Ko’zlaringiz ko’rib turmasam,
Dunyo torga o’xshayveradi.

Chiroylisiz sizda yo’qday kam,
Yolg’izimsiz dardimga malham,
Jamolingiz bir kun ko’rmasam,
Dunyo torga o’xshayveradi.

Qo’lingizdan asta ushlasam,
Lablaringiz titrab ketadi.
Bu tim qora ko’zlar bo’lmasa,
Dunyo torga o’xshayveradi.

O’jarsizda qilaman toqat,
Qalbim yonar shuda muhabbat,
Meni yolg’iz qoldirmang faqat,
Dunyo torga o’xshayveradi.

Osongina kechib ketmang siz,
Dil yarasi bitmay o’ladi
Diydoringiz bir kun ko’rmasam,
Dunyo torga o’xshayveradi.

01:50.19.05.2023

Muallif: Qodir Qaxxor



https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q



anba: @sherlar


        #like_boss