Get Mystery Box with random crypto!

BEVAFOLAR KERAKMAS Bu dunyoni ishlariga kulay men, Bizni yura | SHERLAR

BEVAFOLAR KERAKMAS

Bu dunyoni ishlariga kulay men,
Bizni yurak sevilmaydi yurakmas.
Eh kambag’al sevmasinda ish qilib,
Ketsa ketar bevafolar kerakmas.

Afsusdaman sevib qolgan kunimga,
Kuldi oxir qarab nochor holimga,
Ko’nmadida nima qilay borimga,
Ketsa ketar bevafolar kerakmas.

Yo’qchilikda alam qilar eh yomon,
Oxir pulga taqaldida bu zamon,
Kabutarim uchib ketdi boy tomon,
Ketsa ketar bevafolar kerakmas.

Sezmadi bir kambag’alni dardini,
O’yin qildi bir g’aribni qalbini,
Bilmadida muhabbatim qadrini,
Ketsa ketar bevafolar kerakmas.

Sevardimda go’zal edi qalamqosh,
Ichim yig’lar hatto kelmas ko’zga yosh,
Nima derdim baxtli bo’lgin bag’ri tosh,
Ketsa ketar bevafolar kerakmas.

01:05.18.05.2023

Muallif: Qodir Qaxxor



https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q



anba: @sherlar


        #like_boss