Get Mystery Box with random crypto!

JANNATLARNING OSTONASIN O'PDINGMU? Ishonganim togʻim deya bi | SHERLAR

JANNATLARNING OSTONASIN O'PDINGMU?

Ishonganim togʻim deya bilganim
O'z jonimdan ortiq deya ko'rganim,
Undan ko'ra yaxshi edi o'lganim,
Komiljonim meni tashlab ketdingmu?
Jannatlarni ostonasin o'pdingmu?

Yo'llaringda mushtoq ko'zim toldiku,
Ayriliq chin jahannamga soldiku,
Sho'rlik onang bo'zlab bo'zlab qoldiku,
Komiljonim meni tashlab ketdingmu,
Jannatlarni ostonasin o'pdingmu?

Haj safarga olib boray derdingku,
Yosh joningni hastalikka berdingku,
Netay, bugun qaddim yomon egdingku,
Komiljonim meni tashlab ketdingmu,
Jannatlarni ostonasin o'pdingmu?

Kulib kulib, bo'zlatib ketding bolam,
Sensiz netay zulmatga to'ldi olam,
To'ying qilsam bo'lmasmidi,jon bolam,
Komiljonim meni tashlab ketdingmu,
Jannatlarni ostonasin o'pdingmu?

Hasta yurak choklaridan uzildi,
Eshitganni bagʻri chunon ezildi.
Adolatning tarozisi buzildi,
Komiljonim meni tashlab ketdingmu,
Jannatlarni ostonasin o'pdingmu?

Ko'zda yoshim,duoga ochib qo'lim,
Zulmat ichra yorishmay qoldi yo'lim,
Senla ketdi, qabringga birga ko'nglim
Komiljonim meni tashlab ketdingmu
Jannatlarni ostonasin o'pdingmu?
 
Komiljonim joylaring jannatda bólsin bolam.
IRODAXON QOSIMOVA.
07.05.2023.  12:30.


https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q



anba: @sherlar


        #like_boss