Get Mystery Box with random crypto!

BIR MUHABBAT. (Talablariga binoan.) Bir sanamni ko'rgandimu | SHERLAR

BIR MUHABBAT.
(Talablariga binoan.)

Bir sanamni ko'rgandimu,yongandim,
Bir ko'rishda uni chindan sevgandim.
Yuragim otashin so'ndiray deya,
Qaro yerga bag'rim berib yurgandim.

Do'st bo'lmoqqa majburladim o'zimni,
Aytolmadim yongan yurak so'zimni,
Malak chindan suluv edi netay oh,
Ololmasdim yo Rab,oshiq ko'zimni.

Avaylardik,asrar edik ishqimiz,
Jilovlardik kelsa hamki rashkimiz.
G'animlarga yoqmadik hech yoqmadik,
Ayriliqni tanladik biz ikkimiz.

Suluv endi o'zga yorga yor bo'ldi,
Yongan yurak yana unga zor bo'ldi.
Qismat deya baxtlar tilab yorimga
Men g'aribga keng dunyo ham tor bo'ldi.

Uni deya yurak hamon yonadi,
Sevma desam,o'zimdan ham tonadi.
Ko'z yumaman dunyolarga qo'l siltab,
Bizdan mangu bir muhabbat qoladi.

IRODAXON QOSIMOVA


https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q



anba: @sherlar


        #like_boss