Get Mystery Box with random crypto!

#yoniq_yuraklar_2_son Katta adabiyot bayrami 'Yoniq yuraklar | She’riy lahzalar

#yoniq_yuraklar_2_son

Katta adabiyot bayrami "Yoniq yuraklar" loyihasining birinchi bosqichini tomosha qilishdan quruq qoldim, deb yurgan ko'ngil egalari diqqatiga!

23-yanvar, shanba soat 09:00 da chorak final yo'llanmasi uchun maydonga chiqadigan to'rt nafar yoniq yurakli ijodkorlar bahsiga sizni taklif etamiz.

Dastlab mehmon ijodkor- Maqsuda Mirzayeva(Majnuna) siz-u bizni so‘zning yuksak qudrati hamda asl she‘r lazzatidan bahramand etadi.

Birinchi juftlikda Parfiyona zarvorli baytlar, ruhiyatning eng chuqur jilvalarini aks ettirgan yoziqlar bilan maydonni gurullatishga shay turgan Orzumurod Nurmatov she’riyatga quyunday, shamolday, eng asosiysi o‘ziday(o‘ziga o‘xshab) bostirib kelayotgan, satrlarida ichkin dard va falsafa yo'g'rilgan Asliddin Abdurazzoqov bilan so‘z sinashadi!

Ikkinchi juflik bahslaridagi uchqur ovozlar Samarqand aksiga Jizzaxning sadosi bo'lsa ajab emas! Quddus Asad o‘z yozganlari vositasida "Charxlaydi qalamim olovli nafas..." deb maydonga shayligini aytyotgan bo'lsa, "She'r deb ataganim oddiy dard, xolos..." deya Bahodir Akrom soddalik bilan yuragini siz-u bizga to'kishga tayyorligini yashirmadi. Ko'ramiz kimning "qalam"i o'tkir, kimning "dard"i?!

Kimlar keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritishi sizga ham qiziqmi? Unday bo'lsa, sizni 23-yanvar, soat 09:00 da Guliston shahar 1-son bolalar musiqa va san'at maktabida kutamiz.

Mo‘ljal: "Uchrashuv"(Best cafe) ro‘parasi
Murojaat uchun: 972246474

@rashidxujamov_ijodi