Get Mystery Box with random crypto!

Kerak

Telegram kanalining logotibi shaxsiyblog12 — Kerak K
Telegram kanalining logotibi shaxsiyblog12 — Kerak
Kanal manzili: @shaxsiyblog12
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 8
Kanalning ta’rifi

❇️Raqamli texnologiyalar o'quv markazlari
Powered by @itpark_uz
📍IT-Центры - https://clck.ru/XR8VC
🤖Bot: https://t.me/dangara_ITCenterbot

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2021-12-20 15:01:45
#motivatsiontime

Jek Ma: Avvalo, eng yaxshi emas, tashabbuskor bo‘lishga intil.

Tashabbus -- imkoniyatlarning mag‘zi. Muammoning hal qilinishi -- imkoniyatning boshlanishidir. Biror yangilikni aynan sen boshlab berishga harakat qil va tashabbus aynan sendan chiqsin. Uddalash mumkin bo‘lgan yangilik oldidagi to‘siqlarni aynan sen olib tashla. Yangilik qilishga o‘ch bo‘l.
Shuningdek, atrofingga eng yaxshi emas, eng kerakli odamlarni to‘plashga odatlan.

Telegram | Bot | Tel (91) 327 32 31

Admin: Musoxon | Tel (94) 551 71 8
65 views12:01
Ochish/sharhlash
2021-12-20 10:01:42 Eng katta xato bu xatolardan qoʻrqish | Aziz Gapparov

Premyerani ko'rish uchun:


73 views07:01
Ochish/sharhlash
2021-12-20 07:01:21
#bilasizmi #maslahat #mulohaza_uchun

Maqsadga erishish uchun 7 muhim qadam

1. Maqsadlaringizni umumiy qilib bir joyga yozing.
2. Muhimligi bo‘yicha faqat bir maqsadni o‘zingiz uchun tanlang.
3. Maqsadni aniq qadamlarga bo‘lib chiqing.
4. Maqsadga erishish uchun vaqt jadvalini belgilang.
5. Qadamlaringizni rejalashtiring.
6. Boshqa maqsadlarga chalg‘imang.
7. Keyingi maqsadni amalga oshirishga kirishing.

Telegram | Bot | Tel (91) 327 32 31

Admin: Musoxon | Tel (94) 551 71 80
72 views04:01
Ochish/sharhlash
2021-12-20 06:07:02
Yangi yilni yangi kasbni o'rganib qarshi oling!

Hozirda talab ortayotgan dasturlash sohalarini birini o'rganib, yaxshi dasturchi bo'lishni istaysizmi?

Unda IT Center o‘quv markaziga marhamat! Ushbu markazda siz tajribali mentorlar qo'l ostida o'zingiz qiziqqan dasturlash sohasini o'rganishingiz mumkin bo'ladi!

IT CENTER o'quv markazimizda siz quyidagi zamonaviy dasturlash yo'nalishlarida bilim va ko'nikmalarni olasiz:

Frontend Development
React

Backend Development
Java
C#
PHP

Mobile Development
Android
Flutter

Web design
UX/UI

Foundation
Kompyuter savodxonligi
C++


Manzil: Dang‘ara Axborot Kutubxona Markazi 2-qavat

Mo'ljal: Hokimiyat binosi yonida

Kanal: @dangara_itcenter

Telegram | Bot | Tel (91) 327 32 31

Admin: Musoxon | Tel (94) 551 71 80
66 views03:07
Ochish/sharhlash
2021-12-19 19:18:21
#motivatsiontime

Motivatsiya:

Agar ta‘lim sizga juda qimmat tuyulayotgan bo‘lsa, bilimsizlik qanchaga tushishini tekshirib ko‘ring!

Benjamin Franklin

Muvaffaqiyatga erishish uchun sizdagi g'alabaga bo'lgan istak muvaffaqiyatsizlikka bo'lgan qo'rquvdan kuchli bo'lishi kerak!

Rokfeller

“Ertaga” hech qachon kelmaydigan kun. Agar nimadir qilmoqchi boʻlsang, bugun boshla!

Lavanda Ilindi

Faqat fokus guruhlarga tayanib mahsulotlar yaratish juda mushkul. Odamlar koʻpincha toki koʻrsatmaguninggacha, oʻzlariga nima kerakligini bilishmaydi

Stiv Jobs

Agar baxtli yashashni istasangiz baxtni maqsadga bog'lang, odamlar yoki narsalarga emas

Albert Einstein

Telegram | Bot | Tel (91) 327 32 31

Admin: Musoxon | Tel (94) 551 71 80
62 viewsedited  16:18
Ochish/sharhlash
2021-12-19 17:00:50
O‘quv kurslarimiz

Kompyuter savodxonligi
Web dasturlash
Mobil ilovalarni yaratish
Web dizayn
Grafik dizayn

Mobil robototexnika
Kibersport

IT English

Sizlarni zamonaviy kasblarni egallashga chorlaymiz.

Ish vaqtini o‘zingiz belgilaysiz.
Boshliqlardan gap eshitish yo‘q.
Oila, farzandlaringiz, yaqinlaringiz davrasida bo‘lish.
Mo‘may daromad topish.

Buning uchun biz sizga yordam beramiz.

Hoziroq biz bog‘laning va ro‘yxatdan o‘ting.

Telegram | Bot | Tel (91) 327 32 31

Admin: Musoxon | Tel (94) 551 71 80
63 views14:00
Ochish/sharhlash
2021-12-19 15:48:06 Ertaga erishasan

1. Tengdoshing o’z biznesida katta ishlar qilyapti. Sen esa hali ham oylikdasan.

2. Sahnada turib hammani o’ziga qaratayotgan bola sen emassan. Osmondagi bolalarda intervyu berayotgan ham sen emas.

3. Barcha e’tiboring bugun yutayotganlarga qaratilgan. Ishi o’xshayotganlarga qaratilgan.

4. Shu yerda ikkita yo’l bor. Bugun yutmayotganingdan norozi bo’lish yoki e’tiboringni bugun qilishing kerak bo’lgan ishlarga qaratib, ertaga yutishni maqsad qilish.

5. Oson bo’lmas. Balki ko’p vaqt ketar. Lekin bugun mehnat qilib ertaga yutish, bugun yutmayotgandan xafa bo’lib, ertaga ham hech narsaga erishmaslikdan yaxshiroq.

Telegram | Bot | Tel (91) 327 32 31

Admin: Musoxon | Tel (94) 551 71 80
68 viewsedited  12:48
Ochish/sharhlash
2021-12-19 15:44:13 #doimiyish

Yo'nalish: Grafik dizayn
Haqida: Tashqi reklamalar agentligiga grafik dizayner kerak
Talablar: - Photoshop, Corel Draw dasturlarini bilish;
- Adabiy tilni yaxshi bilish, imloviy xatolarga yo'l qo'ymaslik;
- Poster, flayer, vizitkalarni tayyorlashni bilish;
- MainTop, Phaeton (широкоформатный печать) dasturlarini bilsangiz qo'shimcha haq to'lanadi.

Ish turi: Offline (Farg'ona Shahar Markazi, Центр)
Maosh: 1.000.000 dan boshlanadi (ishga qarab o'sadi, o'zingizga bog'liq)

Aloqa: +998939712137
Telegram: @ravshanovichofficial
——————————
67 viewsedited  12:44
Ochish/sharhlash
2021-12-19 15:26:09 #mulohaza_uchun

UMRGA MUNOSIB BO‘LISHGA INTILAMIZ!

Hammaga yashash uchun har kuni 24 soat beriladi. Hayot mana shu – bizga berilgan lahzalar sarhisobi. To‘g‘ri, u qisqa. Ammo qadriga yetib, o‘tkinchi hayotning mohiyatini tushunib oqilona yashalsa, bu – bir marta huzurlanib yashash uchun yetarli fursat. Garchi hayot yillar bilan o‘lchansa ham, biz umr deganda baxtli daqiqalar, go‘zal xotiralarni eslaymiz.

Aytishadi-ku, bir kunlik umrda ham bir asrlik hayot kechirsa bo‘ladi. Buning uchun umrga munosib bo‘lish kerak. Nazarimda, buning uchun quyidagi amallarga odatlanmoqlik maqsadga muvofiq.

24 soatni faqat o‘zingizga sarflamang. “Bir kunda bir soat do‘st uchun yasha...” ohangi qulog‘imizga chalingach, uning naqadar to‘g‘ri chorlov ekanini tan olamiz. Boshqalar uchun qayg‘urish, boshqalarga dalda bo‘lish va boshqalar bilan fikrlashishni kanda qilmang. Hayotingizda ma’no yo‘qligini sezgan kuningiz atrofingizga boqing va odamlarga yordam qo‘lini cho‘zing. Bu yaxshiligingiz yashashingiz uchun sabab bo‘ladi.

Hayot siz uchun nimani anglatishini aniqlang. O‘zingizni hayotdagi so‘nggi yillaringizni yashayotgandek tasavvur qiling. Bu – hayot! Va siz o‘sha mahalda o‘tgan umringizni qanday tasavvur qilib, nima deb izohlagan bo‘lar edingiz? Hayot – go‘zallik, muhabbat, jo‘shqinlik, yaratuvchanlik va qiziquvchanlik mujassam bo‘lgan muqaddas ibodatxonadir. Ibodat esa ezgu amal va ezgu fikrni anglatadi.

Kelajakda yashashni bas qiling. “Bir kuni”, “vaqtim yoki imkonim bo‘lganida” degan rejalar ko‘payib ketsa, bir zumga to‘xtang va o‘zingizdan “nimaga hozir yoki bugun emas?” deb so‘rang. Hayot afsuslar bilan uyg‘onish uchun qisqalik qilishini his eting. Har kuni sizga tirikligingizni eslatadigan biror ish qiling.

Ko‘proq baxtiyor va samimiy odamlar davrasida bo‘ling. Ular hayotni boshqalarga qaraganda yaxshiroq his qilganlari uchun ham uni yorqinroq ko‘radilar. Siz ham ulardan ijobiylikni o‘rganing. Unutmang: yo‘qotilgan vaqt – biz yashay olmagan daqiqalardir.

Dardga matonatli bo‘ling. Og‘riq va qayg‘ular umrimizning kunlarini o‘g‘irlaydi. Hayot sizga limon otganida, siz undan limonad sharbatini tayyorlang. Aytishadi-ku, sinovlarga seni kuchsiz qilishlariga yo‘l qo‘yma. Aks holda hammasini yana boshidan boshlashga to‘g‘ri keladi.

Shuuringizga diqqat qiling. Shunda undagi istaklar so‘zga aylanadi. So‘zlaringizga diqqat qiling – ular harakatga aylanishadi. Harakatga ergashing – u odatga aylanadi. Odatlarga diqqat qiling, shunda fazilat shakllanadi. Fazilat esa sizning taqdiringizdir.

Odamlarni kechiring va ularni seving. Inson – tirik mavjudotlar orasida kuchli quvvat manbaiga ega jonzot. Bu quvvatni u ma’naviy ildizlardan oladi. Buning uchun esa shoshib chiqarilgan xato xulosalarni rad qilish. Kimnidir yomon ko‘rish, kimdandir nafratlanish – bular bizni oxir-oqibat dushmanidan qo‘rqqan, himoyaga muhtoj odamga aylantirib qo‘yadi. Himoya esa yashash emas, yashashdan qochish degani.

O‘z-o‘zingizga hayot sabog‘ini berishga odatlaning. Yashash – muntazam qilingan xatolar xulosasi. Modomiki, xulosa yo‘q ekan, yashab ham bo‘lmaydi. Boshi devorga tegib ham saboq chiqarmayotgan odam esa chindan-da qashshoq va baxtsizlikka munosib.

Tavakkal qilishga odatlaning. Bu o‘zini hayotning eng yaxshisiga munosib ko‘rish degani. Hayot ishora va belgilar yordamida bizga doimo “Kel, ichkariroq kir!” deydi. Ammo ko‘pincha biz uning suratini olamiz-da, so‘ng qo‘rqib orqaga tisarilamiz.

Har daqiqa aziz insonlarni qadrlang va himoya qiling. Hayot, bu faqat ish degani emas. Shunday ekan, oila, ota-ona, do‘stlaringiz uchun ham yashang. Ayniqsa, ota-onani aziz bilib, xizmatlarini qiling. Shekspir aytganidek, ota-onaning ovozi – Yaratganning ovozi. Farzand uchun ular jannat yo‘lboshlovchilaridir. Muvaffaqiyatli insonlarning eng katta yutuqlari – oqil va oqila ota-ona bilan siylanishlaridir.

Manba: Shuhrat Sattorovning “Biz g‘alaba qozonamiz” kitobi

Telegram | Bot | Tel (91) 327 32 31

Admin: Musoxon | Tel (94) 551 71 80
95 views12:26
Ochish/sharhlash
2021-12-17 10:17:03
18 yoshimda Rossiyaga ishlashga ketganman

Bolalik
— shubhasiz, hayotimizdagi eng beg'ubor, turli orzularga boy davr. Biroq, atrofimizdagi muhit ayni o'sha davrning qanday o'tishini, nimalar ta'sir etishini belgilab bera oladi.

"Osmondagi bolalar" loyihasining 12-soni mehmoni, O’zbekiston mnemosport federatsiyasi prezidenti, “Genius” o’quv markazi hamda “Supermiya” miyani rivojlantirish bo’yicha trening asoschisi — Davronbek Turdiyev 18 yoshida nega Rossiyaga qurilish ishlarida ishlaganligi, institutda o'qish uchun nima sababchi bo'lganligi hamda bolalik taassurotlari haqida aytib o'tdilar.

To'liq video:



P.S: Sizning bolalik davringizdagi eng esda qolarli holat nima bo'lgan

Telegram | Bot | Tel (91) 327 32 31

Admin: Musoxon | Tel (94) 551 71 80
93 viewsedited  07:17
Ochish/sharhlash