Get Mystery Box with random crypto!

Shaxsiy Rivojlanish

Telegram kanalining logotibi shaxsiy_rivoj — Shaxsiy Rivojlanish S
Telegram kanalining logotibi shaxsiy_rivoj — Shaxsiy Rivojlanish
Kanal manzili: @shaxsiy_rivoj
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.20K
Kanalning ta’rifi

🏋️‍♂️ Hayotingizni foydali bilimlar orqali yanada yaxshi tomonga oʻzgartirmoqchimisiz?
Unda bu kanal aynan siz uchun!
Rasmiy Sahifa: @Ismoilov_Eldor_Blog
Aloqa uchun: @Ismoilovga_Murojaat_Uchun_Bot

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-01-27 13:05:59 Tushkunlikka tushib qolmaslik uchun eng kerakli 5 ko'nikma:

1. Samarador Muhit yarating!

Aktiv tanishlar, davralar, klub ishtirokchilar safida bo'ling, ular bilan vaqt o'tkazing! (ular to'xtashga ham qo'yishmaydi )

2. Tozalikka rioya qiling!

G'usul va tahorat amallarini biling. Bu qiyinchlik tug'dirmaydi. (Qish sovuq demang! Kasallik virus va bakteriyalardan keladi. Ulardan faqat tozalik bilan yiroq bo'lish mumkin. Qurinib yursangiz kifoya)

3. Tanho qoling!

Alloh va O'ziz bilan suhbatlashib turing. Suhbat hech qachon mukammal bo'lmaydi. Uning ahamiyati samimiyligidadir. Yetarki boringizni chiqarib to'kib soching. 2 rakat namoz o'qishni ham tavsiya qilaman. Shunda nima kerakligi ayonlashadi.

4. Rejalarni saralang

Qilishingiz kerak bo'lgan barcha narsani birdan boshlamang. Kam va soz tabirida ish ko'ring. Siz uchun qilishingiz kerak bo'lgan ishlar orasida kamdir. Ammo o'shani ham qila olmayotganlar bor.

5. Sayr qiling

Ko'cha aylaning, Quyosh nurlariga, Tabiatga, Qushlar ovoziga qarang. Kitobsevar bo'lsangiz kutubxona va magazinlarga kirib-chiqing. Kiyimsevar bo'lsangiz (qizlarda odatda) yirik kiyim do'konga kirishingiz mumkin. Sayrni shovqin suronsiz odamlar kam joylarda qilish tavsiya qilaman.

P.S: Aytgancha JUMA AYYOMINGIZ QUTLUG' BO'LSIN! Assalamu aleykum va Rohmatullohi va Barokatuh

#top #konikma
@Shaxsiy_Rivoj
529 viewsedited  10:05
Ochish/sharhlash
2023-01-26 15:38:37 Intizomli hayot, Samaradorlik, Muvaffaqiyat nimaga bog'liq?

Juda ko'pchiligimiz turli insonlardan turlicha maslahatlar eshitganmiz. Kimdir shijoat, qattiq mehnat, astoydillik, qat'iyat boshqasi ta'lim, yaxshi joy, yaxshi o'qish, yaxshi kurslar desa yana bir boshqasi shunga o'xshash fikrlarni aytishadi. Men esa bularni fikriga qarshi emasman. Ammo shunday narsa borki, bulardan ham avvalda turadi.

Men bugun fikrlarim bilan fikrlashingizni o'zgarishiga aminman! Buyuk ajdodlarimiz yoki yaqin zamon insonlari bo'lmish Bill Geyts, Stiv Jobs, Ilon Mask, Mark Zukurberklarni boshqa boshqalarni muvaffaqiyatining sabablarini asosini tashkil qilgan ushbu omil sizni Muvaffaqqiyatli qilib qo'yadimi yo'q. Lekin ehtimolligini juda juda yaqinlashtiradi. Zotan biz harakatga javobgarmiz, natijasi esa Allohdan.

Ushbu urg'u berayotganimiz marafon, suhbat va postlarimizni asosiy mavzusi Muhitdir. Boshqa ajabtovur nimadir kutgandingizmi? Azizlar hayotni yaxshilash uchun qandaydir sehrli so'z yoki afsun yo'q, turli tabletkalar ham. Allohni zikri, toat- ibodatchi deyishingiz mumkin. Aslida olganda esa sizni nimaga ishonishingizni ham, iymoningizni ham, ihlosingizni ham MUHIT SHAKLLANTIRGAN. Bo'lishi mumkin emas deyishingiz aniq. Misol o'rnida yurtimizda Islomga muhabbatni ortganini va mustaqillikdan oldingi munosabatni fikr bilan ko'rsangiz kifoya.

Endi boshqa tomondan nigoh solamiz. oramizda yoki do'stlarimizdan yosh millionerlar, mashinali, uyli, qisqasi siz (xoh diniy tomondan fikrlang) istagan, erishish uchun harakat qilayotgan imkoniyatlari borlar yoki insoniy fazilatlari fikrlashi, yurish-turishi, chiqishib ketishi va fikrini tortinmay ayta oladigan havas qiladiganlarimiz yetarli. Barchamiz o'zimizni yanada rivojlantirish uchun ilm olib, harakat qilarkanmiz Muhit tarbiyasi bo'lgan yuqoridagi holatlarga nisbatan "Uni oilasi Islomiy", "Ularni davlati ko'p" kabi qator bahonalar qilishlik yechim bo'lmaydi.

Barchamiz dunyoga kelganimizda bir xil, ilmsiz, dunyo qarashlarsiz, fikrlarsiz tanho bo'lamiz, hatto xarakterimizni ham muhit shakllantiradi. Ammo kimdir 6 yoshida Qorilik sharafiga sazovvor bo'ladi kimdirga esa 60 yoshda, a boshqasiga nasib ham qilmaydi. Ayni kunimizdan olsak O'zbekistonimiz va boshqa yurt Muhit va Qonunlar turfa. Insonlar ham shu tarzda qarashlari va xatti-harakatlari farqli.

"Aha bo'ldi Muhit Rivojlanishimiz asosi ekan. Uni atrofimizdagilar yaratib beradi. Demak hamma ayb ularda" deyish qismida to'xtang. Hamma bir biriga ta'sir qiladi. Aynan siz qadamni fikrlashizdan Shaxsiy Muhitingizni, o'zingizni rivojlantirishdan boshlasangiz avval firklashi va harakatlari navas qilarlik insonlar safidan joy ola boshlaysiz. Aynan shundan keyin Intizomli hayot, Taqvodor banda, Muvaffaqiyat Inson, Baxtiyor Oila, Soliha juft va Inshaallah Qori, Qoriyalar tarbiyalovchisi. Bularning barchasi sizni Muhit Shakllantirishdagi qarorlaringiz va harakatlaringiz natijasidir.

P.S: Muhit shakllantirishim natijasida erishgan do'stlarim, birodarlarim, tanishlarimga katta rahmat! Sizlardan ayrilishni xohlamayman.

#maqola Muhit shakllantiring
@Shaxsiy_Rivoj
494 views12:38
Ochish/sharhlash
2023-01-25 10:45:52 Tanho qolish, Yolg'izlik yomonmi yoki yaxshi?

Hammamizda bunday holat bo'ladi. Juda ko'pchilik buyuk insonlarga buyuk yolg'izliklar duch kelishiga astoydil ishonadi. Men ham shu fikrdaman. Ammo bu har kun 25 minutdan 70 yil bo'lishi ham mumkin, doimiy bo'ladi deyishlik xato. Yolg'iz harakat hech qachon oqlanmagan. Qisqa foydali yolg'izlikdan qanday foydalanib olishimiz kerak?

Biz yo'l yurarkanmiz ko'p vaqt o'tkazadigan, tanlagan insonlarimiz bilan o'z yo'llarimizdan chiqib ketib qolamiz. Bizni maqsadimizdan yiroqlashish sababidan qilganimiz ishlar yoqmay boshlaydi. Asta-sekinlik bilan ishonch, umid, reja, orzulardan yiroqlashish bizni ruhan sindirib, cho'ktirib boradi. Aynan shundan boshlanadi yolg'izlashish. Maqsaddosh bo'lmagan insonlarga aytgan fikrlarimiz yoqmaydi, yoki shunchaki qiziqtirmaydi. Takror takror aytishlik esa o'zimizni cho'ktirib borishdan boshqa narsa emas.

Yolg'izlik insonga Allohga yuzlanib madad so'rash, qalbdan suhbatlashish, o'tgandan xulosalab kelajakni qayta qurish tahlilini qilishlik uchun kerak, hatto zarur deb bilaman. Muhitimiz maqsadlarimizga yetaklayaptimi? Men nimani reja qilib qayerga ketyapman? kabi savollarni tanholikda o'zimizdan izlab, Qiladigan qarorlarimizni yanada oydinlashtirsak harakat tezligimizda ortib boradi.

Shaxsiy tamoillarimizga binoan harakat rejasini qayta turmas ekanmiz o'zimizniki deb bilgan yo'l sarobdan boshqa narsa emas. Tasavvur qiling siz Toshkentda turibsiz Andijon borishni reja qilib Jizzaxga kelib qoldiz. To'xtab tahlil qilmasangiz Navoiy, Buxoro iqlimidan Andijon iqlimi farqini bilib qayerga kelib qoldim deyishlikka o'xshaydi.

Yolg'izlikka ixtiyoriy vaqt belgilamas ekanmiz so'ngimiz "Hammasidan charchadim!" ga boradi. Bunday holda tinimsiz behuda ishlar qilamiz. Aslida esa behuda ish qilishlikda nisbiy narsa. Bir kishini asosiy ishi biz uchun behuda ko'rinishligi mumkin. Yuqorida aytganimiz qilayotgan behuda ishlarni farqli tomoni biz ularni behuda deb tan olib yana o'zimizni ezishligimizda.

Shaxsiy harakatimdan oyda, haftada bir soat yoki bir kun yolg'iz qolib maqsadlarimiz va boradigan yo'llarimizni takrorlab o'zimizga eslatib turishligimiz kerak. Biz unutuvchilar maqsad so'zini eshitib turmas ekanmiz uni eslamaymiz ham.

P.S: O'lim(haqligi) haqida o'ylash bilan O'lish(rejalashtirish) haqida o'ylashni farqi kabi Yolg'izlikdan foydalanishda to'g'ri fikrlashga bilan harakat qiling!

#maqola #tanholik
@Shaxsiy_Rivoj
426 views07:45
Ochish/sharhlash
2023-01-23 16:11:37 Irodamizdan to'g'ri foydalanyapmizmi?

Iroda - odamning oʻz faoliyati va psixik jarayonlarini oʻzi boshqarishda namoyon boʻladigan qobiliyati. Irodaviy qobiliyatimizdan foydalanar ekanmiz bizdagi "xohlayman" deb emas, balki "kerak", "zarur", "shart" kabi kechinmalarga moyilroq bo'lamiz.

Qaror qabul qilishimizda, ikkilanishimizda, tanlov qilganimizda o'z kuchini sarflanuvchi Irodamizdan to'g'ri foydalanadigan bo'lsak va quvvatlantirib tursak mashg'ulotlarimizni amalga oshishi yuqorilashadi. Xuddi mushaklarimizni rivoji uchun qoidalarga muvofiq mashg'ulotlar qilganimiz kabi Iroda kuchini ham to'g'ri rivojlantirish bilan kuchaytira olamiz.

To'g'ri foydalanish uchun 5 ko'rsatma:
1. Reja, g'oyalarni yozib yurishlik
2. Dam olishni ham unutmaslik.
3. Me'yoriy uyqu va taomlanish
4. Ijobiy fikrlashga intilish.
5. Behuda imformatsiya, yangiliklardan tiyinish

Rivojlantirishlik uchun. Kelli Makgonigal "Iroda kuchi" va Jules Payot "Iroda tarbiyasi" asarlarini o'qishlikni tavsiya qilaman. Shu qatorda o'qib turib amal qilishlikni boshlash asosiy masaladir. Biz ming ilmli bo'lmaylik harakatsiz bu ilmlar behuda ilmdan boshqa narsa emas.

P.S: Juda ko'pchiligimiz "cheklanmagan"(xato fikr) resurslardan unumli foydalanmay, qadrsizdek qaraymiz. Buni hayotimiz har jabhasida topishingiz mumkin. Qarashlarni o'zgartiradigan bo'lsak tubdan o'zgarishga uchrashimiz aniq.

#Iroda
@Shaxsiy_Rivoj
487 viewsedited  13:11
Ochish/sharhlash
2023-01-20 13:30:25 Qiyin odatlarni oson o'zlashtiramiz!

Har kungi qilishimiz kerak bo'lgan ishni ortga suryapsizmi? Fitness Club borishni reja qilyapsiz, yokida Til o'rganish, umuman qandaydir mashg'ulot, topshiriq bajarishlikda qiyinchilkka uchrayapsizmi? Bu usul bilan siz o'zlashtira olmayotganingiz endi refleksga aylanadi.

Avval I.P.Pavlov tabiri bilan Reflekslar haqida bilib olaylik. Fiziologiya va psixologiya sohalariga oʻz taʼsirini koʻrsatgan olim Refleksni 2ga:
- Tugʻma Refleksni shartsiz reflekslar — individuallik (ovqatlanish, nasl qoldirish, himoya)
- Hayot davomida orttirilgan Refleksni shartli reflekslar — umrimiz davomida orttirilgan qo'rquvlar, qiziqishlar, odat va ko'nikmalar kiradi.

Biz ko'rib chiqadigan masalada olimni It bilan amalga oshirgan tajribasi (shartsiz reflekslardan foydalangan holatda shartli reflekslar shakllantirish)dan olingan xulosalar manfaatli bo'ladi. Buni yaqqol misoli tariqasida aytilganidek aqlimizga keladigan itlarga nisbatan o'tir, tur kabi turli buyruqlarni o'rgatishni aytishimiz mumkin.

Ha-Ha itlardan olingan tajribani bizni odatimizga qanday aloqasi bor demang. To'g'ridir aql berilgandir. Ammo yomon odatlarga ko'nikishlik aql bilan bo'lmagani kabi yaxshi odatlarni shakllantirishlik aqlni o'zi bilan bo'lmaydi. (bunday fikrdan yiroqlashing)

Shartli reflekslarni qanday shakllantirishdagi qadamlar soddalashtirib aytsak:
1. Maqsad.
misol ingliz tilini o'rganishdagi kunlikni topshiriqlarni aniqlab olamiz.
2. Bo'lib olamiz.
misol Speaking, Listening, Vocabulary... topshiriqlari.
3. Yoqtirganimizdan kichik qism tanlash.
misol shirinlik. shokolad bo'laklari
4. Barchasi qilingach ishga kirishish.
misol birinch kichik topshiriqni qilib bolgacha bir qism shirinlik yeyish va keyingilarini qilish.

Bu takroriy amal bir necha kun qilingacha bizga yoqmaydigan 40ta so'z yodlash, boshqa qiyin topshiriqlar shunchaki yoqimli odatga aylanadi.

P.S: Marafon va suhbatlarda ham takror aytamiz.

@Shaxsiy_Rivoj
567 viewsedited  10:30
Ochish/sharhlash
2023-01-19 07:56:32
Proaktiv va Reaktiv insonlar (1-qism)

Instagram | Telegram | You Tube
526 viewsedited  04:56
Ochish/sharhlash
2023-01-18 14:55:00 Yo'lakchalar effekti

Barchamiz bilamizki, yaylov 20,30 smli o'tlar bilan to'lgan. Biz ma'lum yo'nalishdan takror takror o'tishimiz natijasida o'tlar balandligi pasayib yo'lakcha ko'rinishiga keladi. Buni shaxsiy rivojlanishga, samaradorlikka nima dahli bor deb turganiz aniq.

Ushbu effekt biz maqsad tomon yurganimizda, odat yoki ko'nikma shakllantirayotganimizda miyamiz neyronlari orasida bog'lanishlar hosil bo'ladi. Buni sinaptik boğlanish yoki Sinaps deyishlikgimiz mumkin.

Sinaps (bog'lanish, tutashish) sabab biz qanchalik ko'p bir narsa ustida ishlayversak keyinchalik bu neyronlar tufayli miyada iz qoldiradi. Aksi holda ham qanchalik bir odatdan yiroqlashaversak bu iz sekinlik bilan yoqolib boraveradi.

Bundan kelib chiqadi har qanday harakat avtomatlashgancha ma'lum bir muddat (Yo'lakcha hosil qilguncha) qiyinchilik tug'diradi. Ya'ni bir qancha vaqt energiya talab qilgan ishlarni miyamiz (har kun energiya sarflamayman) harakatni oddiy kunlik holatga aylantiradi, o'zidan-o'zi bajarishga o'tadi.

Biz qancha odatni shakllantirib, buning ustida qancha ko'p (takror) harakat qilsak shuncha Yo'lakcha effekti yordamga kelishi tezlashadi.

#effekt
@Shaxsiy_Rivoj
552 views11:55
Ochish/sharhlash
2023-01-17 15:47:52 @Azizbek_Zubaydullayev bilan birgalikda qilayotgan loyihalarimizdan birini endilikda men yuritadigan bo'ldim.

Blogimdan farqli o'laroq bu yerda faqat Shaxsiy rivojlanishga aloqador kitoblar, xulosalar, fikrlar yoritib berib boraman.

Biz manfaat ulashishda davom etamiz!

@Shaxsiy_Rivoj
@Ismoilov_Eldor_Blog
509 views12:47
Ochish/sharhlash
2022-09-10 06:37:25 Grand yoki mutaxassislik?
Essentializm, 2-qism

Abituriyentlar orasida bir tushuncha bor: "Grand kirish bu - muvaffaqiyat va katta obroʻ" va "kontraktga oʻqish bu - uyat"

Keling, ana endi shu qarashni ham tanqidiy tahlil qilamiz: Aslida bu qanchalik toʻgʻri?

Avvalo institut kirishdan va grandga kirishdan maqsadni koʻrib olamiz. Institut kirishdan maqsad: yaxshi kasb va obroʻga ega boʻlish, grandga kirishdan maqsad - pulni tejab qolish. Shundaymi?

Ha, albatta. Demak sizga - yaxshi kasb, obroʻ va pul boʻlsa, maqsadingiz amalga oshadi. Shundaymi?

Keling, bularga erishishning tezroq va yaxshiroq yoʻlini koʻramiz.

Bunaqasi ham bormi? Ha bor.

(Davomi keyingi sonlarda)
@Shaxsiy_Rivoj
1.2K viewsedited  03:37
Ochish/sharhlash
2022-09-09 12:02:51 Kunduzgi yo sirtqi?
Essentializm, 1-qism.

"Kerakmas narsani qilmaslik ham - sanʼat"

Essentializm bu - eng muhim narsa sari harakat qilishdir. Uning ikkita sharti bor:


1.Oʻzi nima qilmoqchi ekanini toʻliq aniqlab olish.
2. Unga erishishda xalaqit beradigan barcha vaqtincha foyda beradigan ishlardan voz kechish



Birinchi shart haqida: Siz kelajakda kim boʻlmoqchisiz? Qaysi ish qoʻlingizdan juda yaxshi keladi? Qaysi ish hayotingizga eng katta samara beradi?

Oʻsha narsani aniqlab oling. Bunda miflarga aldanib qolmang, masalan, institutga kirish - baxt, grandda oʻqish - muvaffaqiyat, shu ishda pul koʻp...

Bunda faqat oʻz qobiliyatingiz va qiziqishingizni hisobga olib tanlang, birov sizdan kutgan narsalarni emas


Ikkinchi qadam - keraksizidan voz kechish. Ishonavering, biz faqatgina hozir foydasi tegadigan, lekin kelajagimizdagi orzuimizdan bizni uzoqlashtirayotgan ishlar - siz oʻylaganidan yetarlicha koʻp va sezilmas


Masalan, kimdir qaysidir fandan oʻqituvchi boʻlmoqchi. Deylik IELTS dan. U uchun asosiysi: IELTS dan yuqori baho olish va iloji boricha koʻproq taʼlim tajribasiga ega boʻlish

(va pedagogikada qobiliyati boʻlish - bu ham tajriba bilan oshadi)

Uning qayerda oʻqishi, grand yo kontraktda, kunduzgi yo sirtqida oʻqishining umuman qizigʻi yoʻq


Ustiga ustak, kunduzgi va kechkida oʻqiydigan talabalarning koʻpchiligiga oʻquv markazlarda ish berishmaydi. Nega? Chunki oʻqishga talabning qizigʻi - 14 dan 20gacha, ayni institutda dars boʻlayotgan vaqtga toʻgʻri keladi. Talaba esa, yaxshi ish topa olmay , qanday qilib 4 yil umrini ketkazganini sezmay qoladi

Agar u sirtqida oʻqib, boshidanoq ishga joylashganida oʻz kontraktini bemalol toʻlagan, keyingi yildan boyigan boʻlardi. Bilasizmi nega?


Chunki sirtqida oʻqish narxi bor yoʻgʻi 8mln soʻm! Va uni yil davomida 4ga boʻlib toʻlash mumkin! 2oyda 2mln topa olmaydimi?

Keyingi yildan esa 5mln soʻmdan ziyod oylikka chiqadi.

Ha, essentializmni oʻrganish koʻpchilikning vaqtini tejab qolgan va tezroq muvaffaqiyatga chiqargan boʻlar edi.
@Shaxsiy_Rivoj
1.1K viewsedited  09:02
Ochish/sharhlash