Get Mystery Box with random crypto!

Pomidor usulidan foydalanishdagi xatoliklar: 25 minut vaqti | Shaxsiy Rivojlanish

Pomidor usulidan foydalanishdagi xatoliklar:

25 minut vaqtida chalg'ish.

Ya'ni vaziga, ish qolib boshqa narsa bilan shug'ullanib qop ketishlik.

Bunda diqqatni jamlab ishga takror qaytishlik kerak. Hatto bu takror takror bo'lishi ham mumkin. Chunki shu belgilangan vaqtda bor diqqatiz vazifaga qaratilishi biroz tajriba talab qiladi.

5 minut dam olishdan chalg'ish

Bu vaqtida ijtimoy tarmoq videolari, fikrlashga majbur qiluvchi vazifalar, rejalarni o'ylash (m: kitobni qachon va kimga berishim kerak kabi)

To'g'risi esa toza havoda to'yib nafas olish, tabiatga va atrofga qarash shu kabilar. Diqqat va unum endi rivojlana borayotgan vaqtda boshqa mayda ishlarni ham qilmaslikni tavsiya qilaman. Ularni usuldan foydalanishdan oldin qilib, tayyorlanishga harakat qiling

Vazifalarni noto'g'ri tanlash

25minut davomida qiladigan ishlarimiz bir mavzu doirasida bo'lishi kerak ya'ni juda kam bo'lsa timerni yoqishga hojat yoq. Juda ko'p bo'lsa ikkinchi tkmer vaqtiga reja qiling. 25minut tugati sizda tugating 5 minut dam oling va 5 minut tugadimi siz ham dam olishdan to'xtab keyingi 25daqiqa vazifangizga kirishing.

Yotib yoki boshni yostiqqa qo'yib foydalanish.

Chunki yotgan odam psixologiyasi uxlashga moyil bo'ladi. Shuning uchun stulda tokida umuman o'tirib qilishlik tavsiya qilinadi. Hatto tik turib qilsangiz ham bu juda foydali. (Miya bu qandaydir qiziq narsa qilyapti deb o'ylaydi. Xuddi kinoga qiziqib o'rningizdan turib ketgandek.

#pomidor
@Shaxsiy_Rivoj