Get Mystery Box with random crypto!

Shaxsiy rivojlanish! Qo'ysangchi Odam yashar ekan o'sadi, una | Shaxsiy Rivojlanish

Shaxsiy rivojlanish! Qo'ysangchi

Odam yashar ekan o'sadi, unadi, rivojlanadi. Bu fikrga hamma qo'shiladi. Ammo shaxsiyatimni rivojlantiryapman, shaxsiy rivojlanishga qiziqaman yoki shunga o'xshash kitob va kinolar ko'raman, kurslar olib o'qiyapman desangiz. Nima haqida gapiryapsan, nimalar deyapsan, qo'ysangchi hayotni o'zi rivojlantiradi. U uchun maxsus harakat qilinmaydi, bor matematikangni o'qi deydigan hamyurtlarimiz yetarlicha.

Men esa barcha ilmlardan avval Shaxsiy Rivojlanish Fani o'qilishi tarafdoriman. Chunki har bir ilmni doirasi bor, Ammo Shaxsiy Rivojni emas. Buni hayotni o'ziga topshirib qo'yishni atrofimizdagi odamlarni barcha tavsiyasiga amal qilib chiqib, tajriba quyonchasiga aylanish deb bilaman. Boshqacha qilib yaxshiroq, kengroq tushunishingiz uchun yana bir misolda zarari va foydasini tushuntirishga harakat qilsam.

Tashavvur qiling cho'lni o'rtasidasiz sizda ikki yo'l bor biri cho'lni tark etib najot topish ikkinchisi shu cholni o'zidan suv chiqarib maskan qilib bog' yaratish. Bu ikkalasi ham ijobiy holat. Endigi o'xshatishni asosiy qismiga kelsak bu ikki yo'ldan birini tanlash uchun jamiiyki qum zarralarni ushlab chiqishga hojat yo'q. Yo bir yo'nalish topishiz yoki turgan joyizdan kavlab boshlash deganidir.

Shaxsiy Rivojlanish esa aynan insonni o'zligini shakllantirish uchun kerak, buni ustida astoydil bo'lmas ekanmiz. Hayotni bergan talimotiyu ta'limi tuproqni har zarrasi bilan band bo'lib chiqishdan boshqa narsa emas.

Insonni psixologik tomondan ko'radigan bo'lsak har bir insonda o'zi uchun foydali ishlarni qilishiga qarshilik qiluvchi, uni ortga suruvchi kuch bor. Nafs, Shayton derkanmiz uni his qilib turamiz. Bular ichimizdan kemirib, ishonch, xotirjamlik, intilish maqsad kabi harakat omillarini yutib yuboradi.

Biz qanchalik o'zimizni aldamaylik Shaxsiy Rivojlanishga kirishmas ekanmiz o'zimizni shakllantirish u yoqda tursin, turli bahona, motivatsiya bilan aldashga ham kuchimiz qolmaydi.

#maqola Shaxsiy Rivojlanish
@Shaxsiy_Rivoj