Get Mystery Box with random crypto!

Shunday insonlar bor-ki, hayotdan norozi boʻlib yashashadi. Ul | Shaxlo Bekchanova | Oliy toifali Parapsixolog |

Shunday insonlar bor-ki, hayotdan norozi boʻlib yashashadi. Ular oʻz hayotlaridan mamnun boʻlmaganliklari uchun, asosan hafa boʻlishadi, hafa qilishadi, boshqalarni doimo muhokama qilishadi.

Albatta, baʼzi odamlar bor, ularning yashaydigan muhitlari yoqimli, yana shundaylar borki, buning aksi. Baʼzilar hayotda koʻproq imkoniyatlarga ega, baʼzilari esa kamroq.
(Aslida, hamma teng imkoniyatli!)

Biroq, inson qanday sharoitda yashashidan qatʼiy nazar, uning eʼtibori nimaga yoʻnaltirilgan boʻlsa, hayoti shundan iborat boʻladi.
Aslida har qanday sharoitda ham, inson oʻzi uchun yoqimli boʻlgan narsalarni topishi, kichik narsalardan ham quvonishi, minnatdorchilik tuygʻusini his qilishi mumkin.

Oʻz haqiqatimizni, oʻz hayotimizni faqat biz yaratamiz!

"Samoosenka" kursimizda ishtirok etib o'zingiz istagan hayotini yarating!

Murojaat uchun:
@laylo_0812