Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Ukrainaning mustaq | «Sharqshunos tahlilchilar» intellektual klubi

O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Ukrainaning mustaqillik kuni munosabati bilan Ukraina Prezidenti V.A.Zelenskiy nomiga tabrik maktubi

Ukraina Prezidenti
Vladimir Zelenskiy
Janobi Oliylariga
Hurmatli Vladimir Aleksandrovich!

 
Ukrainaning milliy bayrami - Mustaqillik kuni munosabati bilan Sizni va butun mamlakatingiz xalqini samimiy tabriklayman.
Bu oyda biz ikki tomonlama munosabatlarimiz tarixidagi muhim sana – diplomatik aloqalar oʻrnatilganining qutlugʻ 30 yilligini nishonlayotganimizni ham mamnuniyat bilan qayd etmoqchiman. Hech shubhasiz, anʼanaviy doʻstlik va oʻzaro hurmat tamoyillariga asoslangan Oʻzbekiston-Ukraina munosabatlari birgalikdagi saʼy-harakatlarimiz bilan kelgusida ham rivojlanib boraveradi. Fursatdan foydalanib, Sizga mustahkam sogʻlik, oilaviy baxt-saodat, masʼuliyatli davlatchilik faoliyatingizga omadlar, doʻst ukraina xalqiga esa tinchlik-omonlik va farovonlik tilab qolaman.

Hurmat bilan,                            
Shavkat Mirziyoyev
Toshkent shahri,
2022-yil 24-avgust