Get Mystery Box with random crypto!

Sariq matbuot Bu ibora yengil-yelpi mavzularga o‘ch, sensatsi | «Sharqshunos tahlilchilar» intellektual klubi

Sariq matbuot

Bu ibora yengil-yelpi mavzularga o‘ch, sensatsiya orqasidan quvadigan, ko'pincha yolg'on-yashiqdan iborat toshi yengil matbuot nashrlariga nisbatan ishlatiladi. 1895-yil AQShda rassom Richard Autkolt Nyu Yorkda chop etiladigan "The World" gazetasida bir necha yumoristik ruhdagi rasmlarni chop ettiradi. Ushbu rasmlar ichida sariq ko'ylak kiygan bolakay ham bo'lib, uning tilidan bir qator kulguli gaplar beriladi. Tez orada Amerikaning boshqa bir - "The New York Journal" gazetasi ham xuddi shunday rasmlarni chop eta boshlaydi. Shundan keyin ikki gazeta o'rtasida ana shu sariq ko'ylakli bolakay rasmini kim birinchi chop etganligi masalasida keskin bahs boshlanadi. Bahs shunday qizg'in kechadiki, u ko'pchilikning diqqatini tortadi. 1896-yil bunday be'mani bahsdan to'yib ketgan amerikalik siyosatshunos Ervin Uordeman maqola yozib, yuqoridagi ikki gazetani nafrat bilan "sariq matbuot" deb ataydi.

Qanotli so‘zlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube