Get Mystery Box with random crypto!

​​QULUPNAY FOYDALARI Qulupnay oʻzida ichaklar faoliyati uchun | Халқ табобати

​​QULUPNAY FOYDALARI

Qulupnay oʻzida ichaklar faoliyati uchun foydali boʻlgan koʻplab kletchatka saqlaydi. Qulupnayni barra vaqtida isteʼmol qilish kerak, sababi issiqlik bilan ishlov berilganda yoki sovutgichda saqlanganda tarkibidagi mineral va vitaminlar sifati oʻzgaradi. Past glikemik indeksga ega boʻlganligi uchun xattoki diabetiklar ham isteʼmol qilishi mumkin. 

Qulupnay oʻzida koʻp miqdorda vitamin “C” saqlaydi, bu esa immunitetni koʻtaradi, teri, tirnoq va sochlar salomatligiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Bundan tashqari oʻzida koʻplab kuchli antioksidantlar saqlaganligi sababli organizmdagi erkin radikallarni neytrallaydi.

Tarkibidagi ellagova kislotasi, flavanoidlar va antotsianlar (qizil rangni aynan antotsian moddasi beradi) mikrob va viruslarga qarshi xalokatli taʼsir koʻrsatadi va yalligʻlanishni bartaraf qiladi.
100 grammi — 41 kkal.

https://t.me/sharq_tabobati