Get Mystery Box with random crypto!

QULUPNAY QIZILO'NGACH SARATONIDA YORDAM BERADI Qizilo'ngach s | Халқ табобати

QULUPNAY QIZILO'NGACH SARATONIDA YORDAM BERADI

Qizilo'ngach saratoni, oshqozon osti bezi saratoni kabi, eng halokatli tashxislardan biridir. Kasallikdan so'ng o'rtacha 5 yil umr ko'rgan bemorlar 20% dan kam.

Bunday daxshatli statistika bizni ushbu kasallikni oldini olish, shuningdek, uning rivojlanishini iloji boricha tezroq to'xtatish va qaytarish haqida o'ylashga majbur qiladi.

Olimlar rezavorlar bilan tajriba o'tkazishga qaror qilishdi. Qulupnay kukuni qizilo'ngach saratoniga hos ayrim o'zgarishlarga ega bo'lgan bemorlarning sog'lig'iga ta'siri bo'yicha o'tkazilgan klinik sinovda, bemorlar yarim yil davomida har kuni 30-60 g muzlatilgan, quritilgan qulupnayni kukun shaklida iste'mol qildilar (400 g tabiiy qulupnay miqdoriga to'g'ri keladi).

Tadqiqotning barcha ishtirokchilariga boshlang'ich yoki o'rta bosqichdagi saraton oldi holati tashxisi qo'yilgan, ammo ajablanarlisi shundaki, 80% hollarda kasallikning regressiyasi (ortga chekinishi) qayd etilgan.

Saraton oldi o'zgarishlar kamroq aniqlangan yoki butunlay yo'qolgan. Ko'p miqdorda qulupnay iste'mol qilganlar guruhidagi ishtirokchilarning yarmi davolanishdan so'ng sog'ayib ketishgan.

https://t.me/sharq_tabobati