Get Mystery Box with random crypto!

​​ Uyquning 12 xil turi bor: 1. Sunnat uyqu. Oftob ko | Халқ табобати

​​ Uyquning 12 xil turi bor:

1. Sunnat uyqu. Oftob koʻtarilib to peshin namozigacha boʻladigan oraliqdagi bu uyqu “qaylula” deyiladi. U aqlni koʻpaytiradi.

2. Bidʼat uyqu. Peshin namozi vaqtidagi uyqu.

3. Telbalikka sabab boʻladigan uyqu. Asr namozidan keyingi uyqu devonalik, parishonxotirlik va telbalikka sabab boʻladi.

4. Uqubatga sabab boʻladigan uyqu. Kishi xufton namozini oʻqimasdan uxlasa, bu dunyoda ham, oxiratda ham azob-uqubatga qoladi.

5. Odatiy uyqu. Xufton namozidan keyingi odatiy uyqu.

6. Nadomatga sabab boʻladigan uyqu. Tongotar vaqtida uxlash. Shuningdek, ilmiy majlis boʻlayotgan vaqtida uxlash ham nadomatga sabab boʻladi.

7. Gʻaflat uyqu. Tong otayotganida uxlab yotish. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) qizlari Fotimaga (roziyallohu anho): “Tongda uxlab yotmagin, chunki bu vaqtda uch narsa: yaxshilik, odob va baraka taqsimlanadi”, dedilar. Kim tong otayotganida uxlab yotsa, shu uch narsadan quruq qoladi.

8. Faqirlikka sabab boʻladigan uyqu. Bomdoddan keyin kun chiqquncha uxlab yotish kambagʻallikka, devonalikka, qarzdorlikka sabab boʻladi.

9. Gʻaromat (ziyon) uyqu. Kishining ibodatdan soʻng duoda, sanoda, salavotda, qiroatda koʻzi ketib qolsa, gʻaromat uyqu sanaladi.

10. Rohat uyqu.. Kasal va goʻdaklarning uyqusi. Ular qancha koʻp uxlasa, foyda va rohat olishadi.

11. Ibodat uyqu. Olimlar, obidlar va roʻzadorlarning uyqusi. Kishi xufton namozidan soʻng tahoratli uxlasa, farishtalar himoyasida boʻladi.

12. Karomat uyqu. Tunda namoz oʻqib turib, charchab sajdada uxlab qolish

Mas’ud ibn Mahmud ibn Yusuf as-Samarqandiy, "Saloti Mas’udiy"

Кanalga Obuna bo'ling

@sharq_tabobati