Get Mystery Box with random crypto!

Dunyodagi barcha rizqimizga Alloh vosita qo‘ygan. Ya’ni hayoti | Shamsuddin Sadruddin

Dunyodagi barcha rizqimizga Alloh vosita qo‘ygan. Ya’ni hayoti dunyodagi hech bir rizq o‘zi kelmaydi. Tijoratchi xaridor orqali, ishchi ish beruvchi orqali, podshoh xalq orqali, xalq esa podshoh orqali rizqlanadi. Suv, quyosh, tuproq, daraxtlar ham rizq vositalaridir.

Ammo oxiratda shunday rizqlar borki, uni qabul qilishda Alloh bilan bandaning o‘rtasida hech kim va hech nima bo‘lmaydi. Na farishta, na payg‘ambar va na bir daraxt... Rizq Razzoqning O‘zidan bevosita olinadi!

Qur’on tilida mana shunday rizqqa «karim rizq» deyiladi!

Alloh karim rizq bilan siylasin!

@Shamsuddin_Sadruddin