Get Mystery Box with random crypto!

Bizning xizmatchilarimiz Agar sizning qoʻlingizda xodimlar is | Shamseconomy

Bizning xizmatchilarimiz

Agar sizning qoʻlingizda xodimlar ishlayotganlar boʻlsa, ularni qanday ishlashini nazorat qilasiz va uning eng yaxshi usuli shunchaki ular nima ish qilayotganini tushunishdir.

Ya'ni sizda buxgalter ishlasa u sizni aldash-aldamasligini bilish uchun siz buxgateriyani meyoriy darajada bilishingiz kerak. Buni oʻqituvchi-oʻquvchi munosabati orqali ham tushunsa boʻladi. Oʻqituvchi saviyali bilimli boʻlsa talaba oldi-qochdi boʻlar-boʻlmas gap bilan seminarni oʻtkazmaydi. Oʻqituvchini alday olmasligini bilganidan oʻqib keladi.
Ustozim aytgan edi bir loyiha ustida ishlayotgan vaqtida dasturlashni oʻrganishga toʻgʻri kelgan ekan. Bir nechta dasturchilar qoʻlida ishlagan ular aldab ketmasligi uchun esa dasturlashni tushunishga majbur boʻlgan.

Endi tasavvur qiling Oʻzbekiston atalmish shunday katta xalq uchun xizmat qiladigan hukumatimizni ishini tushunish va uni nazorat qilish uchun nega bilimli boʻlmasligimiz kerak?

Hukumat xalq uchun xizmat qiladi. Xalq ular uchun emas. Shuning uchun davlatimiz boyliklarini tasarruf qilish huquqini berganmiz. Oʻzbekiston 3-3.5 trln $ milliy boyligi bor. Hammamiz deyarli 100k $ boylikka egamiz.

Endi oʻylab koʻring yuqori keltirgan misolda nari borsa 4 xonalik raqam haqida gap ketyapti 1 xonalik raqamli shaxslar haqida ketyapti. Shunday boʻlsa-da nazorat qilinyapti. Lekin biz saylovlar, qarorlar, qonunlarga e'tibor va reaksiya berish orqali nazorat qiladigan hukumatga befarq boʻlsak qonunlarga qarorlarga saylovlarga va xalqqa befarq hukumat shakllanadi.

Shunday ekan bizning hayotimiz, erkimiz, molimiz va jonimiz ustidan yuritilayotgan faoliyatga befarq boʻlishimiz qanchalik toʻgʻri?

@Shamseconomy