Get Mystery Box with random crypto!

'1' '0' dan ancha yaxshi Nima topsa oʻqish va o'ganish kera | Shamseconomy

"1" "0" dan ancha yaxshi

Nima topsa oʻqish va o'ganish kerak, kitob saralash ham tanlash ham keyin boʻladigan ish.

Men oʻylamayman oʻqiganlarim befoyda deb. Siyosat, iqtisod, psixologiya, sotsiologiya, tarix oʻqiganlarim shularga doir.

Koʻplari aytishadi nima foydasi boʻldi.
Ha toʻgʻri foydasi boʻlmadi, bu degani keyinchalik ham shunday boʻladi degani emas. Bu huddi pandemiyaga oʻxshaydi, iqtisodiyot bunaqa sharoitda qisilib qoladi, ochilgan vaqtda esa 2-3 yillik oʻsish bittada koʻrinadi.

Menga shu gapni aytib oʻzlari instagram, tiktokda oʻtirishadi.
Men kitob oʻqishni odat qildim, oʻqiganlarim real hayotda foydasi tegmayotgan boʻlsa-da(hammasini pulga chaqish qanchalik toʻgʻri), lekin amaliyot nazariyot ustiga qurilgan, amaliyot natijasining yozma shakli nazariyotdir.

Kitob oʻqish imtihonga oʻxshaydi. Imtihonda foyda beradi, imtihonga kirib ulgurmagan boʻlsangiz ayb sizda emas.

Oʻsha gap "1" "0" dan ancha yaxshi, ba'zida sizga baho berishadigan boʻlsa oʻzingizga koʻp ham yaqin olmang. Har kimni oʻz oʻlchovi oʻz yoʻli bor, har kim oʻz taqdiriga ega. Oʻzim taniydiganlar ichida ancha aqlli qadriyatli yigitlarni "tupoy"ga chiqarishadi. Shunchaki ularni tushunish qiyin. "Tupoy" deb atayotganlarga yoqadigan gap aytishmagani uchundir balki.

@Shamseconomy