Get Mystery Box with random crypto!

Oila va doʻstlaringiz bilan munosabat! Oila va doʻstlaringiz | Shahzod Shuhratov

Oila va doʻstlaringiz bilan munosabat!

Oila va doʻstlaringiz bilan munosabatda oʻrnak boʻlib, bolalaringizga goʻzal xulqlarni oʻrgating. Ularga mutaassiblik va qoʻpollikdan yiroq boʻlgan dinlarini taʼlim bering. Qalblari va fikrlariga islomimiz rahmdillik, muhabbat va tinchlik dini ekanini muhrlab qoʻying. Ularga namoz dindan ekanini, lekin hamma namozxon ham namoz oʻqimayotganini bildiring. Ularga roʻza dindan ekanini, ammo ayrim roʻzadorlar roʻzasidan faqatgina ochlik va suvsash qolishini anglating. Ularga masjid Allohning uyi va musulmonlarning boshpanasi ekanini, lekin u oʻzining zimmasiga yuklangan vazifasini qoʻldan boy berganini uqtiring. Ularga tabassum sadaqa ekanini, yaxshi ishlar qilish farzligini va muomala esa dinligini taʼlim bering. Firqaparastlik va toifakashlik islomning ikki dushmani ekanidan ogoh eting. Ularda umid uygʻoting va tong bari bir otajagi haqida bashorat bering.

Doktor Salohiddin Koʻftaru