Get Mystery Box with random crypto!

​​unicef ​​Muhim eslatma: Internetda ko'rgan hamma narsangiz h | ПсихоСфера

​​unicef ​​Muhim eslatma: Internetda ko'rgan hamma narsangiz ham haqiqiy emas, hatto do'stlaringizda ko'rganlaringiz ham, ammo bu narsalarning sizga o'tkazayotgan ta'siri real.
Ijtimoiy tarmoqlar o'zingizni his qilish jarayoningizga qanday ta'sir qilmoqda? Ertalab telefoningizni birinchi navbatda tezkor xabarlarni o'qish uchun qo'lingizga olasizmi yoki shunchaki odatingiz tufaylimi? Onlayn yangiliklarni o'qish sizni ogoh qilyaptimi yoki stressga yetaklayaptimi? Do'stingizning ziyofatdagi rasmlarini ko'rib o'zingizni yaxshi his qilasizmi yokim sizda hasad uyg'onadimi?
Nima sababdan onlayn ekanligingizni va bu sizning hissiyotlaringizga qanday ta'sir etayotganini aniqlash sizga ijtimoiy tarmoqlarda va boshqa dasturlarda qancha vaqt sarflashingiz bo'yicha shaxsiy chegaralarni belgilashda yordam beradi. Ammo sizga qasddan yoki istamagan holatda salbiy ta'sir o'tkazayotgan (ayniqsa COVID-19 davrida) sahifalardan voz kechish yoki ularga buni ochiqchasiga bildirish har doim ham realistik harakat emas, buning o'rniga salbiy ta'sirli akkauntlarni ovozni o'chirib qo'yishga yoki shu turdagi kontentlardan cheklanishga harakat qilib ko'ring.

P.S. Instagram tarmog'im boshqa ijtimoiy kuzatuvlarimdan farqli. Natgeo, unicef, nytimes, who, time, united nations, unesco sahifalarini kuzatman. Ayniqsa, unicef'dan yuqoridagi layfhakni ulashmasligim uchun bois topolmadim.

@shahisblog