Get Mystery Box with random crypto!

'Zirapcha' ko'rsatuvi haqida Avvalambor, ayol jinsi, erkin po | ПсихоСфера

"Zirapcha" ko'rsatuvi haqida

Avvalambor, ayol jinsi, erkin pozitsiyali shaxs, bo'lajak ayollar psixologi sifatida jar solaman: "Zirapcha" ko'rsatuvi ekranlardan olinsin, yo'q, umuman yopilsin shu proyekt. Boshida daxshatli psixologik loyihaday ko'ringandi ko'zimga.
Maqsadlariku aniq, lekin kulgili: kamida 16-17 yillik xarakterni, turmush tarzi, stereotiplarni 3-4oyda o'zgartirishmoqchi bo'lishadi. Qizlarni o'zgarishiga +man. Lekin amri mahol. Kimnidir yillik qadriyati, e'tiqodini manaman degan psixolog ham, tarbiyachi ham oylar muddatida o'zgartirolmaydi.
Gapni cho'zmoqchi emasman. Men qarshiman. Chunki u yerda faqat tilni tiyish, sabr qilish, mo'jiza kutish, KELINLIKKA TAYYORGARLIK, xullas darslari o'zini ikki dunyoda ham oqlamaydigan amaliyot, treninglar bilan o'tiladi, baxtli bo'lasan deyishadiyu, so'nggidagi "baxt" esa turmushga chiqish bo'ladi. Turmushga chiqish≠baxtga teng emas! Agar shu mantiq bilan o'ylasak, turmush o'rtog'i yo'qlar baxtsizmi. Naqadar qoloqlik.

Loyiha o'zini hech qachon oqlamaydi. Sabab, xarakter juda kamdan kam hollarda o'zgarishi mumkin va buni o'zgarish emas moslashish deymiz. Chunki xarakter ham temperament ham nerv sistemasi bilan bog'liq bo'lishi sir emas. To'g'ri, bu qizlarning hayotidagi hammasi ham xarakteri tufayli ro'y bermagan, lekin o'zgarishni xohlagan kishi uchun qandaydir proyektlar shartmas.

Qizlar yarmarkasi. Ekranda yaxshi o'zgarib bergani tanlanadi.
Ayol, qizlarning ayanchli real hayotini ekranda kaftdagidek ko'rsatib berishlari yoqmaydi. Shuning uchun bu ko'rsatuvda ham asosiy mavzu deb biladiganim- seksizm¹ning har qanday ko'rinishiga qarshiman va qoralayman.

Seksizm¹ (ing. sexism, lot. sexus «jins») — ma'lum jinsdagi kishilar(aksar ayollar)ga nisbatan xurofot, salbiy munosabat yoki antipatiya, ayirmachilik.

@shahisblog