Get Mystery Box with random crypto!

Qarang, ko'z ochib yumguncha yana 1 yil o'tib ketibdi. Agar o' | KO'NGLIMDAGI DARYO

Qarang, ko'z ochib yumguncha yana 1 yil o'tib ketibdi. Agar o'tayotgan yilni tahlil qilib yozadigan bo'lsam qog'oz bo'm-bo'sh qolishi tayin. Chunki deyarli ko'p maqsad va niyatlarimga erisha olmadim. Balki bunga o'zim sababchidurman, yana bilmadim.
Lekin, birnarsani aytib o'tishim darkor. Bu yil mening bu yildan keyingi yillarimning o'zgarishiga sababchi yil bo'ldi, ya'ni o'tish yili bo'ldi desam adashmayman. Esdaqolarli voqealar ko'p bo'ldi. Sayohatlar va hakazolar. Yaxshi insonlar bilan tanishdim. Taniganlarimni esa yana bir bor tanidim. Ijodimda ham jindek o'zgarish sezdim-bular men uchun ahamiyatli bo'lgan voqealar bo'ldi.
Xullas,kelasi yilga maqsadlar,rejalar juda katta. "Juda kuchli harakat qilish yili" deb nom qo'ydim 2023-yilga

Qadrdonlarim, hammanggizga kirib kelayotgan YANGI YIL muborak bo'lsin!