Get Mystery Box with random crypto!

#yangi_mashq Yaqinroq kel, tingla meni, qaro ko'z Qulog'ingg | KO'NGLIMDAGI DARYO

#yangi_mashq

Yaqinroq kel, tingla meni, qaro ko'z
Qulog'ingga bir "safsata" aytaman:
Ishlarimga aslo berma e'tibor
Sendan kechib yana senga qaytaman.

Aybdor bilma oshiq telba dilimni,
Xudo shunday yaratgan ne qilaman.
Harkun sevib beshta go'zal parini
Balki menda ko'ngling bordir, "bilaman''.

Menga nafrat izhor qilar ahli ishq
Allaqachon ruhim dorga osilgan.
Oldinggizda mening yolg'iz gunohim-
Ishq qalbimga tamg'a bo'lib bosilgan...

@sh_jakhongir