Get Mystery Box with random crypto!

Malaka oshirish instituti Samarqand filiali

Telegram kanalining logotibi sfmalaka — Malaka oshirish instituti Samarqand filiali M
Telegram kanalining logotibi sfmalaka — Malaka oshirish instituti Samarqand filiali
Kanal manzili: @sfmalaka
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 671

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2023-03-09 16:16:34
2023-yil 9-mart kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filiali direktorining o‘quv, ilmiy va xalqaro aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari M.Mamadaliyev hamda kadrlar bo‘yicha inspektor Yu.Pardayevlar tomonidan filialning bo‘limlar va kafedralaridagi nomenklatura hujjatlarining mavjudligi, yuritilishi hamda saqlanish holati yuzasidan monitoring o‘tkazildi.
O‘rganish jarayonida aniqlangan xato va kamchiliklar bartaraf etilib, mas’ullarga kerakli ko‘rsatmalar berildi.
178 viewsZafar Saydullaev, 13:16
Ochish/sharhlash
2023-03-09 16:16:34
Samarqand filialida tinglovchilarning kasbiy faoliyati natijalari baholandi.
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filialida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-sonli qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida mart oyi malaka oshirish kursi tinglovchilarining kasbiy faoliyat natijalarini baholash ishlari professor-o‘qituvchilar tomonidan tashkil etildi.
129 viewsZafar Saydullaev, 13:16
Ochish/sharhlash
2023-03-09 16:16:34
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filiali “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) S.Yaxyayeva tomonidan 2023-yil 09-mart kuni “Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari” yo‘nalishi 4-guruh tinglovchilariga “Pedagog professional kompetentligining ta’lim tarbiya jarayoni sifatini oshirishdagi ahamiyati” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi.
Oʻtkazilgan ochiq dars mashgʻulotida tinglovchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
169 viewsZafar Saydullaev, 13:16
Ochish/sharhlash
2023-03-08 20:15:40
Toshkentda oʻtayotgan qilichbozlik boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatining yana bir kuni ortda qoldi. Bugun yigitlar shpaga va sablya, qizlar rapira qurolida jamoaviy yoʻnalishda gʻoliblik uchun bahs olib borishdi.

Shuningdek, bugun reglamentga muvofiq musobaqaning rasmiy ochilish marosimi ham boʻlib oʻtdi. Unda O’zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vaziri Adkham Ikramov, Osiyo qilichbozlik konfederatsiyasi prezidenti Shayx Salim Al Qosimi, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi raisi Maqsud Abdusamatov ishtirok etishdi.

Marosimdan soʻng har bir dasturdan oʻrin olgan final janglari oʻtkazildi. Ahamiyatlisi, sablyachilarimiz mazkur yoʻnalishda ham oltin medallarga sazovor boʻlishdi. Finalda yigitlarimiz Xitoydan 45:33 hisobida ustun kelishdi.

Sablya, yigitlar
1. Oʻzbekiston
2. Xitoy
3. Qozogʻiston

Qilichbozlarimizning musobaqada hozirgacha jamg’argan medallari 7 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ra bronzani tashkil etmoqda.
239 viewsZafar Saydullaev, 17:15
Ochish/sharhlash
2023-03-07 11:36:42
Samarqand filialida ochiq dars mashg‘uloti tashkil etildi
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filialida 2023-yil 7-mart kuni “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Eshnazarova Farida Jo‘raqulovna “Yosh davrlar psixologiyasi” modulidan Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari yo‘nalishi 3-guruh tinglovchilariga “Yosh davrlar psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari” mavzusidagi ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi.
Oʻtkazilgan ochiq dars mashgʻulotiga filial professor-oʻqituvchilari qatnashdi hamda tinglovchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
87 viewsZafar Saydullaev, 08:36
Ochish/sharhlash
2023-03-07 08:55:25
Xotin-qizlar oʻrtasida xalqaro shaxmat musobaqasi boshlandi.

Jonli efirni kuzatish

https://www.youtube.com/live/7MylOgo-0xY?feature=share

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
142 viewsZafar Saydullaev, 05:55
Ochish/sharhlash
2023-03-06 20:08:42
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filialida 2023-yil 6-mart kuni Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining filologiya fanlari doktori Urinboyeva Dilbar Bazarovna ishtirokida “Davlat tilida ish yuritish- ma’naviyatimiz ko‘zgusi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Ushbu davra suhbatiga filialning barcha professor-o‘qituvchilari va bo‘lim xodimlari qatnashdilar.
267 viewsZafar Saydullaev, 17:08
Ochish/sharhlash
2023-03-06 20:08:42
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filialida 2023-yil 6-mart kuni “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi dotsent v.v.b X.Xudayberdiyeva tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini mart oyi malaka oshirish kursi tinglovchilariga yetkazish maqsadida davra suhbati o‘tkazildi.
206 viewsZafar Saydullaev, 17:08
Ochish/sharhlash
2023-03-06 13:11:09
Samarqand filialida sport musobaqa o‘tkazildi.
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filialida 2023-yil 6-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli farmoni ijrosini ta’minlash hamda 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni”ga bag‘ishlab Samarqand filialining professor-o‘qituvchilari, ishchi xodimlar va tinglovchilar (ayol-qizlar) o‘rtasida sportning “Shaxmat” turidan musobaqa o‘tkazildi hamda faol ishtirok etgan qatnashchilarga diplom va estalik sovg‘alar topshirildi.
258 viewsZafar Saydullaev, 10:11
Ochish/sharhlash
2023-03-06 11:05:07
2022-yilda sportchilarimizning Parij shahrida (Fransiya) bo'lib o'tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o'yinlariga tayyorgarlik vazifasini o'tab beradigan asosiy musobaqalarda qayd etgan natijalari

Rasmiy sayt | Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
230 viewsZafar Saydullaev, 08:05
Ochish/sharhlash