Get Mystery Box with random crypto!

SevgiM YuragiMda❤️(rasmiy✔️)

Telegram kanalining logotibi sevgim_yuragimda_kartinkalar — SevgiM YuragiMda❤️(rasmiy✔️) S
Telegram kanalining logotibi sevgim_yuragimda_kartinkalar — SevgiM YuragiMda❤️(rasmiy✔️)
Toifalar: Din
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.76K
Kanalning ta’rifi

✅Yagona Rasmiy kanal™ 24.09.2016 sanasidan beri faoliyat yuritadi.
🔸Biz Instagramda:⤵️
🔍 Instagram.com/SevgiM_YuragiMda 136k
🔴Men bilan o'z online biznesingizni 💸
boshlang:👉 @Nafisa_Motivator 👩
#LeaveChannel

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 115

2022-09-22 13:31:42 Davomi:


Shunday kunlarning birida oglimni bagrimga bosgancha peshonam shorligidan nolib yiglay-yiglay uxlab qolibman. Tushimga birinchi erim kirdi. U aybdor qiyofada oldimga kelib, menga otkazgan zulmlari uchun kechirim soradi, rozi-rizolik tiladi. «Farzand korolmayotganingga men aybdorman. Ozim senga farzand sorayman», – dedi-yu, goyib boldi. Lanj kayfiyatda uygondim. Ozimcha birinchi erimdan roziligimni ovoz chiqarib aytdim. Uning haqiga tilovat qildim. Ozimga ham farzand tilab, Yaratganga yolvordim.

Oradan uch oy otib, homilador bolganimni bildim. Abror akamning quvonchi ichiga sigmas, oglimga ham avvalgidan ziyodroq mehr berardi. Homiladorlik davrim yaxshi otdi. Erim aytganimni muhayyo qilar, qolimni sovuq suvga urdirgisi kelmasdi. Haqiqiy homiladorlik nimaligini endi bildim, uning har lahzasidan lazzatlanib yashadim. Toqqiz oy umrimning eng baxtli lahzalari boldi.

Oy-kunim etib kozim yoridi. Bu safar ham kesarcha kesish bilan tuqqan bolsam-da, ruhimdagi kotarinkilik sababmi, tezda oyoqqa turdim. Erim tugruqxonadan chiqishimni shoshirmas, yaxshilab ozingga kelib ol, derdi.

Bir kuni bolamning isitmasi kotarildi. Shifokorlar gap nimadaligini bilolmay hayron edi. Ertasiga turli tahlillar olishdi. Ularning natijasi yaxshi emasdi. Tilab-tilab olgan kichkintoyimga infeksiya yuqibdi. Endi u bolamning qonida katta shiddat bilan kopayar, hech bir dori-darmon enga olmasdi. Bolam shorlik azoblandi. Avval opkasida yiring toplandi, keyin oshqozonida, ichaklarida, buyraklarida… Shifokorlar kop urinishdi, biroq bir yarim oy davomida jigarporam koz oldimda ming azoblar tortib, ojiz bir shamdek lipillab sondi.

Menda bu dardni kotaradigan kuch yoq edi. Esimdan ayrilayozdim. Bolamni kochoqlab dod solganim yodimda, song behush yiqildim. Bu nima? Sinovmi yo jazo? Nega shuncha qiynab, zoriqtirib, kuttirib, sogintirib beradi-da, birpasda olib qoyadi? Godagimning ne gunohi bor ediki, jahannamiy azoblar bilan qiynaldi? Qaysi aybim uchun jigarporamning uzoq va azobli olimini korishga mahkum etildim?

Chaqaloqni komib keldik. Osha kuni negadir bir ahmoqona xayol lip etib otdi boshimdan: bu safargi musibat haqida bashorat qilguvchi hech bir tush kormadim.

Oz dardim bilan bolib, bu oy miyamdan kotarildi. Ogilcham oyogimga yopishib: «Aya, yiglamang, sizni yaxshi koraman» der, erim senda ayb yoq deb yupatishga urinar, boshqalar hali kop farzand korishimni aytib ovutmoqchi bolishardi. Ammo men ozimni ayblardim: agar kesarcha kesish emas, tabiiy yol bilan tugib, osha tugruqxonadan tezroq chiqib ketganimda bolamga kasofat infeksiya yuqmasdi! Shuni oylaganim sayin yuragim tilka-pora bolar, tinmay koz yosh tokardim. Olti oygacha davom etdi. Kecha esa yana bir tush kordim.

…Chaqalogim olmagan, aksincha, ancha katta bolib qolganmish. Oldimga kelib, yuzlarimdan oqib tushayotgan yoshlarimni artdi, meni yupatmoqchidek kulib qarab turdi-da, birdan chirillab yiglab yubordi. Qarasam, tagligi ham, butun kiyimlari ham jiqqa hol. Darhol kiyimlarini almashtirdim, lekin baribir hol bolib qolaverdi. Kichkintoyim shunday dedi: «Oyi, yiglayvermang, koz yoshlaringiz hamma yogimni jiqqa suv qilib yubordi, atrofimni balchiq qilib tashladi. Ortiq chiday olmayman. Botib ketyapman. Boshqa yiglamang, oyi-i-i…»

Bolam shunday deya mendan qochib ketdi. Bugun bir tomchi ham koz yosh tokkanim yoq. Murgak chaqalogim bu dunyoda shuncha azob tortdi, gorida tinch yotsin. Endi yiglamaslikka kuch topaman. Faqat uning haqiga tilovat qilaman.

Tamom!


Do'stlaringizga ulashing

Kanalga kiring
@SevgiM_YuragiMda
1.8K viewsNafisa , edited  10:31
Ochish/sharhlash
2022-09-22 13:31:42 TUSHDA AYON BO'LGAN TAQDIRIM.

1-QISM

Folga ishonmayman, munajjimlarning bashoratiga ham. Ammo tushlarimga… Bu umuman boshqa masala. Hozir boshimdan otganlarni aytib beraman, nega tushlarga alohida ixlos qilishimni bilib olasiz…

 

On olti yoshimda kelinlik libosini kiydim. On ettimda esa ona boldim. Tugruq juda qiyin kechdi. Kesarcha kesish yoli bilan tugdirib olishdi va chaqaloq ikkimizning hayotimizni zorga saqlab qolishdi. Tugruqxonada bir hafta yotdik. Hali ozim ham, oglim ham nimjon edik. Biroq bu bilan hech kim hisoblashmadi. Hamma mendan, hali ona suti ogzidan ketmay ona bolgan boladan namunali kelin va har narsaga ulguradigan ayol bolishni talab etardi. Qaynonamning pichingu zugumlari, qaynotamning beparvoligi ustiga erimning berahmligi ham qoshildi. U onasining chaquvlaridan keyin meni ayamay dopposlar va kochaga chiqib ketar, ichib kelib,  qiynoqlarini davom ettirardi.

Alloh ozi bandasiga sabr berarkan. Murgak godagim ota mehridan bebahra qolmasligi uchun hammasiga chidadim. Chunki erim oglimizni juda yaxshi korardi. Bir kun yana arzimagan narsadan tutaqib meni ura ketdi. Qattiq itarib yuborgandi, devorga boshim bilan urilib, bir muddat hushsiz yotdim. Keyin esa… bu qilmishim uchun ozimni uzoq vaqtgacha kechirolmay yurdim… Keyin esa erimni qargadim. Qattiq qargadim. Shu kunimdan kora oligingga kuyib qoya qolsam edi, beva bolsam shundan ortiq qiynalarmidim, dedim. Yaxshiki, erim bu gaplarimni eshitmadi.

Oradan bir hafta otgach, galati tush kordim: oyogimda oppoq botinka, ammo bir poyi yoq edi. Ikkinchi poyni zir yugurib qidirdim, topa olmadim. Ikki kun otgach, erim mast bolib qahraton qishda notanish bir kochada yiqilib tonggacha qolib ketdi va olamdan otdi. Bu mening qargishim tufayli boldi, deb oyladim, uzoq va azobli pushaymon bilan ich-etimni eya boshladi.

Qaynonam meni chiqishtirmasligi tayin edi. Ota-onam olib ketdi. Oglim endigina olti oylik, ozim hali on sakkizga ham tolmagan juvon edim. Tengdoshlarim portfel kotarib lisey-kollejlarga qatnab yurgan paytda men qora kiydim, beva boldim. Butun umrimni yakkayu yolgiz oglimga bagishlashga qaror qildim. Ammo bir kuni yana tush kordim. Unda rahmatli bobom hovlimizga bir yigitni etaklab kirib: «Bu – Abror, endi u bizning boqqa qarab turadi», – dedi. Bu tushning tabirini hech topolmadim. Kop otmay bosmaxonaga ishga joylashdim. Osha erda bosma mashinada ishlovchi yigit menga uzoqdan galati-galati tikilayotganini sezardim. Bir kuni u sovchi qoydi. Ismi… Abror ekan.

Abror aka bir yarim yasharlik oglim bilan tez til topishib ketdi. Uning bagrida quvnab yayrayotgan jigarbandimni korib mening ham qalbimda mehr uygondi. Bechora ayoli bilan besh yil yashab, befarzandlik tufayli ajrashgan edi. Oila qurdik. Baxtli kunlarim boshlandi. Men haqiqiy ayollik baxtini his etdim. Abror akam meni juda yaxshi korar, eru ko'kka ishonmasdi. Oglim ota mehrini korib osayotganidan men ham quvonardim. Faqat… Yaratgan bizga farzand beray demasdi. Nikohimizga uch yil tolsa-da, hech homilador bola olmasdim. Abror akam hamma aybni ozida deb bilib kop siqilardi. Shifokorlarga qatnadik. Hech biri u kishidan ayb topolmadi. Hamma gap menda edi. Osmir yoshida tuqqanim, yana tugruqning asoratli otgani uchun bachadon naylarimdan biri bitib qolgan ekan.

Ozim onalik baxtiga muyassar edim. Abror akam ham oglimga oz farzandidek mehr korsatardi. Unga otalik baxtini bera olmayotganimdan azoblanardim. Menga bildirishni istamasa-da, ichdan ezilardi. Axir, hammaga ayb xotinimda ekan deb ayta olmasa, birinchi turmushidan ham befarzand bolgani uchun tanish-bilish, oshna-ogaynilari oldida ozini noongay tutardi.

Do'stlaringizga ulashing

Kanalga kiring
@SevgiM_YuragiMda
1.6K viewsNafisa , edited  10:31
Ochish/sharhlash
2022-09-21 19:29:54
"Eng go'zal ibodat ko'ngil qozonishdir!" dedilar Umar Roziyallahu anhu.
Siz uchun kurashayotgan insonning qanotlarini sindirmang!


Do'stlaringizga ulashing

Kanalga kiring
@SevgiM_YuragiMda
2.2K viewsNafisa , 16:29
Ochish/sharhlash
2022-09-21 19:29:43 YOLGʻIZ AYOL...

Bayramga kiyibdi ohorli libos,
Chin ayol, hayoli onalikka mos,
Yana sizga qilay takror iltimos
Behayo demanglar, yolgʻiz ayolni.

Jilmayar,lek yurak yigʻlaydi tinmay,
Yashaydi, bechora sevgini bilmay,
Kamsitmang,qalbini yana bir tilmay
Bevafo demanglar, yolgʻiz ayolni.

Qismat, shoʻr peshona, kulmagan baxti,
Ilojsiz yigʻlaydi  tilloli taxti,
Sabolar uchirgan aytilgan axti
Besabr demanglar, yolgʻiz ayolni.

Kulgichlar yarashmay qolar yuziga,
Surmalar surmaydi qosh-u, koʻziga,
Bolamga der faqat, demas oʻziga
Bagʻritosh demanglar, yolgʻiz ayolni.

Tun uzun, bedorlik qiynaydi hamon,
Yonida sirdoshi boʻlmasa yomon,
Na qilar, yer qattiq, yiroqdir osmon,
Shoshqoloq demanglar, yolgʻiz ayolni.

Hali shodon kunlar keladi qator,
Ne sabab bevadan qilasizlar or.
U ona, u ayol aytaman takror,
Qadri yoʻq demanglar, yolgʻiz ayolni.

IRODAXON QOSIMOVA.
10.09.2022. 21:00.



Do'stlaringizga ulashing

Kanalga kiring
@SevgiM_YuragiMda
2.0K viewsNafisa , edited  16:29
Ochish/sharhlash
2022-09-21 10:41:01 Оч йўлум, ё раб, Мадина сорига қўйсам қадам,
Равзайи дўстунг тавофини манга қилғил карам,
Ҳужраий Аҳмадни умматга қилибсан муҳтарам,
Орзу айлаб, ҳамиша йиғласам ман дам-бадам,
Кўрмайин ўлсам, кетар кўксум аро минг дарду ғам.



Аввало қилсам ирода, сидқу ихлосим тузиб,
Айшу ишратлар билан ҳою ҳаваслардин безиб,
Бу жаҳон нашъу намосндин тақи кўнгул узиб,
Ул ҳабибинг ишқида дашт. у биёбоклар кезиб,
Мисли ўлганлар кабк айлай вужудимни адам.



Хорлик тортсам биёбонлар аро Адҳам каби
Ким, мададкорим бўлуб, йўл бошласа руҳи наби,
Ул Абу Бакру Умар, Усмон, мадад қилса Али,
Рўсияҳ, шарманда уммат, кел, деса ҳазрат мани,
Жумла армоним кетиб, кўксумда қолмасдур алам.



Аввало йўлға қадам қўйғонда эҳром боғлайин,
Тавбалар айлаб гуноҳимға. пушаймон айлайин,
Ҳаж қилиб. Мино бориб турганда чандон йиғлайин,
Муздалифдин тош отиб, иблисни бағрин доғлайин,
Ул “Ҳажар асвад” зиёротин қилиб, кирсам ҳарам.



Улмайин етсам, Мадинага бориб, анда қолай,
То ҳаётим борича йиғлаб юриб хизмат қидай,
Ҳар куни марқадларини гирдидин минг ўргулай,
Гар қазо етса, Ҳазиний, остонингда ўлай,
“Жаннатул-бақя” заминидин насиб этса эгам

Do'stlaringizga ulashing

Kanalga kiring
@SevgiM_YuragiMda
2.4K viewsNafisa , edited  07:41
Ochish/sharhlash
2022-09-20 18:36:15 Бир кун бир дўст иккинчисидан сўрабди:
- Дўст, хотиним билан хеч келиша олмаябман. Кундан кунга ёмонлашиб кетаябди. Хар доим камчиликларини айтаман, ёмонлашаётганини эслатаман, аммо хея яхшиланмаябди. Орқамдан мендан арз қилаётганини хам эшитдим. Жахлим чиқди.

Қарасам сени хотининг билан муносабатинг жуда зўр. Орқангдан хам фақат фахрланиб гапиради. Нима маслахат берасан менга?

Дўст: дўстим, мени хотиним кундан кунга яхшиланиб бораверади. Биласанми нега? Чунки ман унга хар куни яхши эканлигини эслатаман. Мақтайман. Фахрланишимни эслатаман. Сен эса кундан кунга қанақа бўлишини ўзинг айтиб ўтар экансан.

….
Кимгадир ёмонсан, десангиз, яхши бўлай деб эмас, балки ёмон эканман деб янада хафсаласи пир бўлиши мумкин. Шунинг учун кўришни истаган холатингизни чиройли қилиб айтинг. Билингки, сизнинг жуфти халолингиз, бу сизнинг аксингиз. Қанақа муносабатда бўлсангиз, ўша нарсани оласиз. Айниқса аёлга нисбатан. Аёлларда такрорлаш хислати кучли ривожланган бўлади.

Мустахкам оилалар кўпайсин

Umida Rahmatullayeva. Psixolog
2.7K viewsNafisa , 15:36
Ochish/sharhlash
2022-09-20 08:58:07 ​​Bilmagan na bilsin seni, g'amlanma telba ko'ngil.
Ko'ngildan anglamaganga, bog'lanma telba ko'ngil.


Rumiy


Do'stlaringizga ulashing

Kanalga kiring
@SevgiM_YuragiMda
2.9K viewsNafisa , 05:58
Ochish/sharhlash
2022-09-20 08:52:47 Мадинаи Мунавварадаги Бақиъ қабристонига 10000 саҳобий ва минглаб тобиъин ҳамда умматнинг энг яхши кишилари дафн қилинган.

Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламнинг оила аъзолари ва яқин қариндошларидан Бақиъ қабристонига дафн қилинганлар.

Иброҳим ибн Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи васаллам

Фотима розияллоҳу анҳо бинти Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи васаллам

Зайнаб розияллоҳу анҳо бинти Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи васаллам

Руқайя розияллоҳу анҳо бинти Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи васаллам

Умму Кулсум розияллоҳу анҳо бинти Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи васаллам

Оиша бинти Абу Бакр розияллоҳу анҳо

Ҳафса бинти Умар розияллоҳу анҳо

Ҳинд бинти Абу Суфён розияллоҳу анҳо, Умму Ҳабиба

Ҳинд бинти Абу Умайя, Умму Салама розияллоҳу анҳо

Зайнаб бинти Жаҳш розияллоҳу анҳо

Зайнаб бинти Хузайма розияллоҳу анҳо

Софийя бинти Ҳуййи розияллоҳу анҳо

Жувайрия бинти Ҳорис розияллоҳу анҳо

Софийя Умму Зубайр бинти Абдулмутталиб розияллоҳу анҳо

Райҳана бинти Шамун розияллоҳу анҳо

Мориятул Қибтийя розияллоҳу анҳо

Ҳалима ас-Саъдийя розияллоҳу анҳо

Умму Руммон розияллоҳу анҳо Оиша розияллоҳу анҳонинг оналари

Усмон ибн Аффон розияллоҳу анҳу

Ҳасан ибн Али розияллоҳу анҳу

Абу Суфён Сахр ибн Харб Абу Муовия розияллоҳу анҳу, Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламнинг қайноталари.

Абдуллоҳ ибн Жаъфар ибн Абу Толиб ал-Қуроший розияллоҳу анҳу, Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламнинг жиянлари Жаъфарнинг ўғли, Ҳабашистонда туғилган биринчи чақалоқ.

Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламнинг саҳобалари ичида энг машҳурлари

Саъд ибн Абу Ваққос ал-Қуроший аз-Зуҳрий розияллоҳу анҳу

Саид ибн Зайд ибн Нуфайл ал-Қуроший розияллоҳу анҳу

Абдураҳмон ибн Авф ал-Қуроший аз-Зуҳрий розияллоҳу анҳу

Аббос ибн Абдулмутталиб розияллоҳу анҳу

Усмон ибн Мазъун ал-Қуроший розияллоҳу анҳу

Абдуллоҳ ибн Масъуд розияллоҳу анҳу

Абдуллоҳ ибн Абу Бакр розияллоҳу анҳу

Убай ибн Кааъб ал-Ансорий розияллоҳу анҳу

Абу Ҳурайра ад-Давсий розияллоҳу анҳу

Усома ибн Зайд розияллоҳу анҳу

Асад ибн Зурората ал-Ансорий розияллоҳу анҳу

Арқам ибн Абу Арқам Абду маноф ал-Қуроший розияллоҳу анҳу

Жобир ибн Абдуллоҳ Абу Абдураҳмон розияллоҳу анҳу

Ҳассон ибн Собит ал-Ансорий Абул Валид розияллоҳу анҳу

Саъд ибн Молик Абу Саид ал-Худрий розияллоҳу анҳу

Саъд ибн Муоз розияллоҳу анҳу

Суҳайб ибн Санон ал-Румий розияллоҳу анҳу

Умму Сулайм бинти Малҳан розияллоҳу анҳо, Анас розияллоҳу анҳунинг оналари.

Амр ибн Умайя аз- Зомарий розияллоҳу анҳу

Амр ибн Ҳазм ибн Зайд розияллоҳу анҳу

Уқба ибн Амр Абу Масъуд ал-Бадрий розияллоҳу анҳу

Қайс ибн Саъд ибн Убода ал-Ансорий Абу Амр розияллоҳу анҳу

Каъб ибн Молик ал-Ансорий Абу Абдуллоҳ розияллоҳу анҳу

Каъб ибн Ужара ибн Умайя ал-Ансорий розияллоҳу анҳу

Кулайб оталарини исми келмаган розияллоҳу анҳу

Муҳаммад ибн Маслама ал-Ансорий Абду Абдураҳмон розияллоҳу анҳу

Муҳаммад ибн Абу Жаҳм ибн Хузайфа розияллоҳу анҳу

Муҳаммад ибн Амр ибн Ҳазм ал-Ансорий Абу Абдулмалик розияллоҳу анҳу

Муҳаммад ибн Убай ибн Каъб розияллоҳу анҳу

Муоз ибн Ҳорис ал-Ансорий розияллоҳу анҳу

Молик ибн Амр ибн Атик розияллоҳу анҳу

Молик ибн Рабиъа ал-Ансорий розияллоҳу анҳу

Муғира ибн Ахнас ас-Сақофий розияллоҳу анҳу

Маъқил ибн Синон ал-Ашжаий Абу Абдураҳмон розияллоҳу анҳу

Махрома ибн Навфал ал-Қуроший розияллоҳу анҳу

Миқдад ибн Асвад ал-Ҳазромий Абу Маъбад розияллоҳу анҳу

Маъмур ал-Хосий розияллоҳу анҳу

Навфал ибн Муовия ад-Дайлий розияллоҳу анҳу

Ҳинд ибн Ҳорис ал-Асламий розияллоҳу анҳу

Абу Шурайҳ ал-Каъбий ал-Хузоий розияллоҳу анҳу

Абул Юср ал-Ансорий розияллоҳу анҳу

Усайд ибн Ҳузайр розияллоҳу анҳу

Сабиату бинти Ҳорис ал-Асламий розияллоҳу анҳо.

Манбалар рўйҳати

«Сияр Аъламу ан-Нубало» имом Шамсиддин аз-Заҳабий

«Усдул Ғоба фий маърифати ас-Саҳоба» ибн Асир

«Истиъаб» ҳофиз ва имом ибн Абдул Барр

Обид Тошқандий


Do'stlaringizga ulashing

Kanalga kiring
@SevgiM_YuragiMda
2.7K viewsNafisa , edited  05:52
Ochish/sharhlash
2022-09-20 08:47:59
QACHONGACHA BOZORDAN, DO'KONLARDAN QIMMATGA NARSALAR SOTIB OLASIZ?
ENDI STOP DEYISHNING VA O'ZINGIZ, OILANGIZ UCHUN HARAKAT QILISHNING VAQTI KELMADIMIKIN?

Xitoy programmasidagi tovarlarning narxlarini ko'ring
Hali bu milliondan biriyammas ko'rib turganila

Ichki ARZON narxda UYDA O'TIRGAN HOLATDA zakaz qilishni, kargolar bilan ishlashni, hamma-hammasini o'rgataman.
Manga yozing: @ImNafisa

Kargo bilan o'zimizdagi narxga aylanadi baribir disez, QATTIQ ADASHASIZ!!! Siz 100-200ming so'mni cho'ntagizda qoldirishni o'ylamayapsiz, kursga pul sarflab o'qiymanmi dib, 1marta sarflab o'qiysiz, evaziga nechi martalab keyin rohatini ko'rasiz buni

O'ylab ko'ring, agar foydasi bo'maganda hozirda hamma internet magazin ochib, ishlashni boshlamasdi

Manga yozila: @ImNafisa

Kanalim: @Nafisa_Motivator
1.8K viewsNafisa , 05:47
Ochish/sharhlash
2022-09-19 19:09:02 Sizga ehtiyojim yo'q,
Sevib bo'ldim Sizsiz o'limni.
Yana ming yil yashasangiz ham,
Tushunmaysiz mening ko'nglimni.

Kutmang,
Sizga bermayman ortiq,
Umrimning bir lahzasini ham,
Yuragimni yulib tashlayman,
Azoblarga topaman chidam!

Hechqisi yo'q,
Yashab ketaman!
Sizdan yorug', sizdan balandroq.
Nasib ekan so'ngsiz o'limni
Tirik murda bilan ko'tarmoq.

Nima qilay,
Shunday yigitman
Tabiatan va yoki dilan:
Sevsam juda qattiq sevaman,
Ruhim, jismim, hayotim bilan!

Nomingizga qo'shilib o'sdim,
Har kun,
har tun mahrum va badar.
Men sizniki bo'lib yashadim,
Bilsangiz, to shu kunga qadar!

Ammo bildim.
Siz butkul boshqa!
Buloqdirsiz-sokin va beg'am.
Anglamaysiz, bir kuni aytmay,
Poyingizda suvsab o'lsam ham.

Yo'q, bu ishqni ko'tarolmaysiz,
Sizni ezar tahqir va ta'qiq.
Bu dunyoda eng go'zal sevgi,
Hamisha xor, mahkum, mustahiq!

Keting,
Sizga ehtiyojim yo'q!
Sevsam endi sevgum O'lumni.
Yana ming yil yashasangiz ham,
Tushunmaysiz mening koʻnglimni...



Do'stlaringizga ulashing

Kanalga kiring
@SevgiM_YuragiMda
2.9K viewsNafisa , 16:09
Ochish/sharhlash