Get Mystery Box with random crypto!

​​Muhabbat bu... Rus tilini bilmasang ham, u bilan qo'shili | SevgiM YuragiMda❤️(rasmiy✔️)

​​Muhabbat bu...

Rus tilini bilmasang ham, u bilan qo'shilib ruscha triller kino ko'rib o'tirishing;
Futbolga qiziqmasang ham bitta Ronaldo bilan Messini tanib olib, Mane ursa ham, Kane ursa ham Messi urdi deb qovun tushirishing;
Aylanishga chiqqaningda razvedkachiga o'xshab uni tinmay kuzatib yurishing;
Telefon parolini bilib olib, "galereya"sigacha tekshirib yana hech nima bo'lmaganday uni joyiga qo'yib qo'yishing;
Bir kunda ming marta arazlab, oxiri nimaga arazlaganingni esingdan chiqarib qo'yishing;
Uning oldida o'zingni yosh bolalardek tutishing;
Ovqating kechga qolayotganda yoki ozgina tagiga olganda ming bir shirin so'z aytib, o'zingni "lo'li"likka solishing;
Mushuk bolasiday uning ortidan ergashib yurishing;
Nimalar yaxshi ko'rishini, nimalar yoqtirmasligini, yoqtirgan atiri, qachon jahli chiqishi, nima xursand qilishi, xullas, juftingning fe'l-atvorini o'zidan ham yaxshi bilib olishing;
Nima demoqchiligini ko'z qarashlaridan sezishing;
Biror joyga borishga ruxsat olish uchun bir hafta oldindan yaxshi gapirishni boshlashing;
Kiyimlaring tor kelib qolganda uning kiyimlarini kiyib olishing;
Qorning och bo'lsa ham, birgalikda yeyish uchun ishdan kelishini kutib o'tirishing;
Nimadandir xafa bo'lsang, pinjiga tiqilib yig'lab berishing...

Bir so'z bilan aytganda, muhabbat bu — jufting bilan o'tkazayotgan har bir lahzang, har bir oningdir
.


Kimga yuborishni bilasiz

Kanalga kiring
https://t.me/sevgim_yuragimda_kartinkalar