Get Mystery Box with random crypto!

Meni seving borligimcha! Sizga ravo yorligimcha, Ozroq feʼlim | SevgiM YuragiMda❤️(rasmiy✔️)

Meni seving borligimcha!

Sizga ravo yorligimcha,
Ozroq feʼlim torligimcha,
Mehrlarga zorligimcha,
Meni seving borligimcha!

Qismat xato, ketdi demang,
Senday noshud bitdi, demang,
Essiz umrim oʻtti demang,
Meni seving borligimcha!

Oʻzgalarni olov bilmang,
Yuragimni boʻldi, tilmang,
Xasta holman, pinhon kulmang,
Meni seving borligimcha!

Har gulning oʻz ifori bor,
Sovuq qishning bahori bor,
Koʻp asal ham, zahari bor,
Meni seving borligimcha!

Chandon chiroy menda yoʻqdir,
Nafsi dunyom shukr, toʻqdir,
Bu sabrlar, charxi oʻqdir,
Meni seving borligimcha!

Atirgulda tikon boʻlar,
Lek hidlasa koʻngil toʻlar,
Toqat bilan taqdir kular,
Meni seving borligimcha!

Muhabbatim hazon qilmang,
Qadrlarim arzon qilmang,
Buncha bagʻri larzon boʻlmang,
Meni seving borligimcha!

Sizga ravo yorligimcha...
Meni seving borligimcha...



Kimga yuborishni bilasiz

Kanalga kiring

https://t.me/sevgim_yuragimda_kartinkalar