Get Mystery Box with random crypto!

'HURMAT QILING...' Ular bor to'q qornimiz Omon aziz jonimiz. | SevgiM YuragiMda❤️(rasmiy✔️)

"HURMAT QILING..."

Ular bor to'q qornimiz
Omon aziz jonimiz.
Suyanchiq,qalqonimiz
Erkakni hurmat qiling!

Mayli ishdan kech kelsin
Mayli kamroq pul topsin.
Mayli uyda yer chopsin
Erkakni hurmat qiling!

Oilada bo'lsin o'rni
Aytsin oxirgi so'zni.
Sindirmasdan g'ururni
Erkakni hurmat qiling!

Boriga qilib shukur
Vaqtida so'rab uzur.
Yashasin ko'rib xuzur
Erkakni hurmat qiling!

Bir kun o'xshamas ishi
Bir kun millioner kishi.
Boshida ko'p tashvishi
Erkakni hurmat qiling!

Topmang undan kamomat
Boriga qiling toqat.
Vaqtida bering ovqat
Erkakni hurmat qiling!

Bir oy katta bo'lsa ham
Murojat qiling xojam.
U hayotdagi hakam
Erkakni hurmat qiling!

Ichib kelsa uyiga
Raqsga tushing kuyiga.
Bo'lsa ham obro'yiga
Erkakni hurmat qiling!

Ular bor tinch xonadon
Farzandlar yurar shodon.
Yonida kulib xandon
Erkakni hurmat qiling!

Ularning bor pirlari
Qalbida yo'q kirlari.
Ular uyning mardlari
Erkakni hurmat qiling!


Mirxalilova Shaxnoza
Fayziraxmon qizi...


Do'stlaringizga ulashing

Kanalga kiring
@SevgiM_YuragiMda