Get Mystery Box with random crypto!

SIZ Siz mendan hech narsa qilmaysiz talab, Men sizdan hech na | SevgiM YuragiMda❤️(rasmiy✔️)

SIZ

Siz mendan hech narsa qilmaysiz talab,
Men sizdan hech narsa soʻray olmayman.
Siz ketma, demaysiz, men esa… yo Rab,
Qolgim kelsa hamki…ammo, qolmayman.

Zotan, siz sevgiga, ishqqa tashnasiz,
Zotan, men mehrga muhtojman, zorman.
Bilmam: kimga doʻstsiz, kimga oshnasiz,
Bilmam: kimga yorman, kimga darkorman.

Kunora koʻraman, salom berasiz,
Hatto jilmayasiz — qilasiz karam.
Men sizni sogʻina boshlagan kundan
Buyon siznikiman, sizgaman qaram.

Bir shuʼla koʻraman koʻzlaringizda,
“Kim yoqqan olov bu?” — xatarli soʻroq.
Begona ism yoʻq soʻzlaringizda,
Mening ismimni ham aytmaysiz biroq.

Vohid Luqmon


Do'stlaringizga ulashing

Kanalga kiring
@SevgiM_YuragiMda